Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Kimyo fanlarini o’qitish, nazariy bilimlarni mustahkamlashda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarining ahamiyati katta. Amaliy tajribalar o’tkazish vaqtida laboratoriya jihozlari va reaktivlar hamma vaqt ham yetarli bo’lavermaydi. Bundan tashqari ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda noqulay sharoitlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tajribalar yo’q emas. Shunda virtual laboratoriya va qo’shimcha kompyuter dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin bu dasturlar bilan ishlash bo’yicha o’zbek tilida yetarli qo’llanma mavjud emas. Biz tomonimizdan bu muammoni hal qilish uchun 10 dan ortiq xorijda tayyorlangan kompyuter dasturlaridan foydalanish uchun o’quv uslubiy qo’llanma ishlab chiqilmoqda.
Ishning maqsadi va vazifalari: Ilmiy ishning maqsadi o’quvchi va o’qituvchilar uchun kompyuter kimyoviy dasturlari bilan ishlash bo’yicha qulay, o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma tuzish. O’quv uslubiy qo’llanma o’quvchilar uchun savol va topshiriqlar, qiziqarli tajribalar, rasm, grafik va jadvallar ko’rinishida ishning asosiy qismi ko’rsatilgan bo’lsa, o’qituvchilar uchun o’quvchilarni ishini to’la nazorat qilishi, dasturlar bilan kengroq ishlashni tashkil etish imkonini beradi. Natijada o’qituvchi dars jarayonining o’zida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun virtual labaratoriyalardan foydalanib dars o’tishi, laboratoriya jarayonida har bir o’quvchi bilan individual ishlagan holda tajribani o’tkazishi dars jaroyonini yanada unumli va sifatli bo’lishiga olib keladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti bu kimyo fanining labaratoriya mashg’ulotlari bo’lsa, uni bajarish imkoniyatini beruvchi turli kimyoviy dasturlar (Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор, ChemDraw Ultra 11.0, CHEMIX 12, GaussView ,Chembalance Wiziard32 , Xumua42) tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Yuqorida sanab o’tilgan 10 dan ortiq kimyoviy dasturlar bilan ishlash bo’yicha birinchi marotaba o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma yaratilishidir.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Ayrim bajarishi qiyin bo’lgan tajribalarni bajarishdan oldin uni virtual holatda bajarish, tajriba vaqtida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan texnik xatoliklarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Natijasi esa jihoz va reaktivlarni tejab tergab unumli foydalanishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy jihatdan afzalliklarga ega bo’ladi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Kimyoviy dasturlardan dars jarayonida keng foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarni nafaqat kimyo fanlariga balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir.
Dostları ilə paylaş: |