MAKTAB DIREKTORI HUZURIDAGI ISHLAB CHIQARISH MAJLISIDA MUHOKAMA ETILADIGAN MASALALAR
2.1.
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini munosib nishonlash, “Mustaqillik darslari”ni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida.
|
avgust
|
MMIBDO‘,
metod birlashma rahbarlari,
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini munosib nishonlash va “Mustaqillik darslari” ni zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarilan keng foydalangan holda o‘tish bo‘yicha tashkiliy vazifalar belgilanadi.
|
2.2
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi faoliyatini tashkil etish, sinf rahbarlari faoliyatiga metodik va tashkiliy yordam to‘g‘risida
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
|
sentabr
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Sinf rahbarlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyatiga yanada kengroq va faolroq jalb etish, o‘z navbatida ularga tegishli metodik yordamni tashkil etish holati tahlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi.
Pedagoglarning kasb bayramini keng jamoatchilik ishtirokida yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda nishonlash, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish orqali jamiyatda o‘qituvchilik kasbining nufuzi va obro‘-e’tiborini yanada oshirish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi.
|
2.3
|
O‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-madaniy holati, individual qobiliyatlari, qiziqishlari va muammolarini o‘rganish va shu asosda ular to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi va axborot resurs markazi faoliyati, ish samaradorligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ‘iboti to‘g‘risida.
|
oktabr
|
MMIBDO‘,
maktab psixologlari,
sinf rahbarlari
MMIBDO‘,
kutubxona mudirasi
|
O‘quvchilarning ijtimoiy – psixologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantiriladi va faoliyatida samarali foydalaniladi.
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, axborot–resurs markazining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlaridagi o‘rni va rolini yanada oshirishga erishiladi.
|
2.4
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ichki tartib va odob-axloq qoidalarining amaldagi ijrosi to‘g‘risida (sinflar kesimida).
|
noyabr
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
Jamoat kengashi a’zolari
|
Pedagogik jamoa o‘rtasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash, o‘quvchilar o‘rtasida ongli intizom va odob-axloq qoidalariga izchil rioya qilish fazilatlari shakllantiriladi.
|
2.5
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – umumxalk bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida.
|
dekabr
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinadi, Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat hissi kuchayadi, o‘quvchilar ongiga qonunga itoatkorlik tushunchalari yanada chuqurroq singdiriladi, huquqiy madaniyati va saviyasi oshiriladi.
|
2.6
|
14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash, o‘quvchilarda harbiy vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish va yanada takomillashtirish to‘g‘risida.
|
yanvar
|
MMIBDO‘,
yoshlar yetakchisi,
sinf rahbarlari,
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari
|
“Vatan himoyachilari kuni” munosib nishonlanadi, o‘quvchilar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik keng targ‘ib qilinadi, vatan himoyachisi bo‘lishga va harbiy kasbiga hurmat va qiziqish kuchaytiriladi. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish, harbiy – vatanparvarlik burchaklarini tashkil etish va bu borada jamoatchilik bilan hamkorlik holati tahlil qilinadi.
|
2.7
|
Ta’lim muassasalarida hafta kunlarining nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risida.
Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan “Ertalabki saflanish”, “Ma’naviyat kuni”, “Sinf soati” tadbirlarining natijadorligi to‘g‘risida.
|
fevral
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari
MMIBDO‘,
Yoshlar yetakchisi,
sinf rahbarlari
|
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli tashkil etiladi, o‘quvchi va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi oshadi, hamkor tashkilotlar bilan aloqalar yanada rivojlanadi.
O‘tkazilayotgan tadbirlarning tashkiliy jihatlari, sifati va saviyasi, o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi va takomillashtirish choralari belgilanadi.
|
2.8
|
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar holati va o‘quvchilarning turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki to‘g‘risida.
|
mart
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari,
fan o‘qituvchilari
|
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etiladi, hamkorlikdagi ishlar samaradorligi yanada oshadi, o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidori barvaqt kashf etiladi va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlari yaratiladi.
|
2.9
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni shakllantirish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.
|
aprel
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari
|
Tibbiy madaniyatni targ‘ib qilish, “Salomatlik kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish, sport zallari va sport maydonchalaridan unumli foydalanish holati tahlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi.
|
2.10
|
5 ta muhim tashabbus doirasida umumta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, muammolar va ularning yechimlar hamda bartaraf etish samaradorligi.
Shuningdek, 2020-2021 o‘quv yili davomida o‘tkazilgan turli yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida (sinflar kesimida).
|
may
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasining turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlargi ishtirokining yil davomidagi holati va natijalari tahlil qilinadi, iqtidorli o‘quvchilarni ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
|
2.11
|
O‘quvchilarning yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari va huquq-tartibot idoralarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida
|
iyun
|
MMIBDO‘,
sinf rahbarlari,
hamkor tashkilotlar
|
O‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlarini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.
|
|