Belgilash olmoshi
To'pdan ajratilgan olmosh
har + Bir + narsa + so'roq olmoshi
Jamlab ko'rsatuvchi + Hamma, barcha, bari, butun, jami
Gumon olmoshi
narsa allanarsa
alla + =
so’roq olmoshi allakim, allaqayer v.h.k
kishi bir kishi
bir + narsa = bir narsa
so’roq olmoshi bir nima
so’roq olmoshi + -dir = kimdir/ nimadir/ qayerdir v.h.k
Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi
hisoblanadi.
Bo’lishsizlik olmoshi
bir hech bir
hech + narsa = hech narsa
so’roq olmoshi hech kim/hech qaysi v.h.k
Bo’lishsizlik olmoshlari yozuvda ajratib yoziladi.
Olmoshning tuzilishiga ko’ra turlari 4ta:
Sodda olmosh- faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar
Qo’shma olmosh- ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo‘shma olmoshlar hisoblanadi
Juft olmosh- bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo’lgan olmoshlar juft olmoshlar sanaladi: sen-men, u-bu, siz-biz. Juft olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
Takroriy olmosh- bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo’lgan olmoshlar takroriy olmoshlar hisoblanadi: shushu, nimanima, kim-kim va hokazo. Takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi
Olmosh o’rnida qo’llanuvchi so’zlar Men (kishilik olmoshi o’rnida)
kamina, kaminayi kamtarin, faqir qulingiz, faqiringiz, bandayi ojizangiz
Olmosh o’rnida qo’llangan so’z ega vazifasida kelganda gapning kesimi ba’zan I shaxs yoki III shaxsda kelishi mumkin:
Kamina keldim – I shaxs
Kamina keldi - II shaxs
Olmosh o’rnida qo’llangan so’z boshqa gap bo’lak vazifasida kelganda gapning kesimi ba’zan II shaxsda kelishi mumkin:
Kaminangizni chaqiring.- II shaxs
Olmosh yasalmaydi, lekin yasash uchun asos bo’ladi.
Test
1.Tinchlik deya yurak-bag‘ri kuyuk eldir bu, Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu, O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagil sen!
Yuqoridagi parchada olmosh necha o’rinda qo’llanganini toping?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
2.Olmoshning ikkita ma’no turi qatnashgan qatorni toping?
A) Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning
ostonasidan jaholat hatlamaydi.
B) Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang.usta!
C) Men xalq oldida sizning iltimosingizga javob bermoqqa majbur bo‘ldim
D) Inson bunday jur’atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasining muhabbatidan olishi kerak edi.
3.yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, ammo kelib-kelib bu kun seni o‘shanga berdilar. Parchadagi olmoshlar haqida noto’g’ri hukmnitoping?
A) Ko’rsatish olmoshida fonetik hodisaga uchrashi kuzatiladi.
B) Kishilik olmoshi ikki o’rinda qatnashishi kuzatiladi.
C) Ko’rsatish olmoshi fe’lga tobelanishi kuzatiladi.
D) Kishilik olmoshi yasama fe’lga tobelanishi kuzatiladi.
4. O‘zimni moziyning bag‘riga urdim. Va shu on shukrona aytib qaytdim men. Kimdir ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim,
Kimdir aytmay ketgan so‘zni aytdim men. Yuqoridagi parchada olmoshning ma’no turi sonini toping?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
5.O’zlik olmoshi yasama so’zga tobelangan javobni toping?
A) Baxtsizliging sirini boshqalardan emas, o‘zingdan izla. Hammadan avval o‘zingga hisob ber.
B) Ko‘rmagaysiz o‘zini, Eshitasiz so‘zini.
C) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman.
D) imirlamang, biroz o‘zingizga keling, – dedi yigit mehribonlik bilan, – uyingizga o‘zim kuzatib qo‘yaman.
6.Olmosh qatnashmagan qatorni toping?
A) Har narsaga jahl qilavermaslik kerak.
B) Har on ota–onangdan xabar ol.
C) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi.
D) Har bir xalq o’z kelajagini o’zi belgilaydi.
7. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga.
Ushbu parcha haqida to’g’ri hukmni toping?
A)Olmoshlar yasama fe’lga tobelanishi kuzatiladi.
B) Olmoshlar tub otga tobelanishi kuzatiladi.
C) Olmoshning to’rtda ma’no turi qatnashgan.
D) Olmoshlar yasama otga tobelanishi kuzatiladi.
8.To’pdan ajratilgan olmosh qatnashgan qatorni toping?
A) Nima ro’zg’orda kerak bo’lsa,dadam o’shani olib kelardi.
B)Kimki boshqalarga rahm-shavqat qilmasa,unga ham hech kim rahm-shavqat qilmaydi.
C) Har kim o’z og’ziga qoravul bo’lsa,uning nafasi bug’ilmaydi.
D) Qayerdandir bir cho’p topib shunday qoqdiki,olmalarning hammasi to’kildi.
9.Olmoshning tuzilishiga ko’ra ikki turi qatnashgan javobni toping
A) Sizga ne bo’ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni eslamaysiz.
B) Hamma unga o’grilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi.
C) Kimki ko’zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo’lsa, uning jannatga kirishi aniqdir.
D)Hunarsiz kishilar hech qachon birovga do’st bo’lmaydi.
10.Kishilik olmoshi ishtirok etgan javobni toping?
A) Alisherga ne bo’ldi, ikki haftadan buyon faqirini eslamaydi.
B) Birov Malikani bo’g’ayotgandak, yelkasini qimirlatib nafasini rostladi.
C) Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz hammasini jam qilib kitob yozishingiz kerak.
D)Hunarli odam hech qachon kam bo’lmaydi.
11. Badavlat donishmanddan so’rabdilar: “Turmushingiz faravon bo’lsa ham,nima uchun sizning xursand bo’lib yurganingizni ko’rgan emasmiz?”
U shunday javob beribdi: “chunki och-yalang’och yashayotganlarni men hech qanaqa qilib unutolmayman”. Yuqoridagi parchada olmoshlar haqida to’g’ri hukmni toping?
A)Olmoshning ma’nosiga ko’ra to’rtda turi qatnashishi kuzatiladi.
B)To’pdan ajratilgan olmosh ishtirok etishi kuzatiladi.
C) Ko’rsatish olmoshi qo’shma fe’lga tobelanishi kuzatiladi.
D) Yasama ot olmoshga tobelanishi kuzatiladi.
12.Olmosh fe’lga ishora qilgan javobni toping?
A) Kitobni ko’p o’qisangiz, undan ko’p hikmat topasiz.
B) Alisher aqlli bola, u hammaga manzur keladi.
C) Asiljon gullarni uza boshladi. bu esa bog’bonning jahlini chiqardi.
D) Menda ikkita olma bor,senda nechta olma bor.
13.Shoir zukka va zakiy inson edi, shu sababli,hatto uning shaxsiy tuyg’ularni ham keng kitobxonlar uchun ahamyatli nurli qirralar mavjud edi. Ushbu parcha haqida noto’g’ri hukmni toping?
A) Yasama sifat mavhum otga tobelanishi kuzatiladi.
B) Shaxs oti uch o’rinda qatnashishi kuzatiladi.
C) Olmoshning ikkita ma’no turi qatnashishi kuzatiladi.
D) Kishilik olmoshi ishtirok etishi kuzatildi.
14.Bo’lishsizlik olmoshi qatnashmagan gapni toping?
A)Uyda hech kim yoq, jufti halolim ham ishga ketganlar.
B) Kimki intilmasa, u hech narsaga erishmaydi.
C) Men hech kimdan hech narsa talab qilayoyganim yoq,aksincha, sizning talablaringizni bajarmoqchiman
D) Kuz palla har kim ekkanini o’radi.
15.To’pni jamlash uchun xizmat qiladigan
olmosh berilgan qatorni toping?
A) Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-u farovonligi yo‘lida xizmat etish bilan baxtlimiz.
B) O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir
C) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
D) Ulug‘ ajdodlarimiz ilm-u ma’rifatlari bilan ham butun olamni fath etganlar.
16.dunyoda – tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni, albatta, kimdir to‘ldirishga harakat qiladi. Ushbu parchada olmosh necha o’rinda qo’llanganini toping? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
17.O’shandayam bir marta sizni kitob qilib yozsamchi deganimda?
bandaiojizga izm bering men sizni kitob qilib yozay degandim.
Ushbu parchada olmosh nechta ma’no turi qatnashganini toping?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
18.O’zlik olmoshi hurmat ma’nosida kelgan qatorni toping?
A) Rais amakim o’zlari kelib ketdi.
B) Bu ishni mening o’zim bajardim.
C) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.
D) O’zlarimi kimningdir musiqasini hirgoya qilyapti.
19. Sen o‘zing kulbamsan, sen o‘zing - olam, Sen o‘zing otamsan, sen o‘zing - bolam, Yoshligim o‘zing, sen - boshda oq tolam, Parchada olmoshning nechta ma’no turi qatnashganini toping?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 5
faqiringiz eshitadi. Bandaiojiz qoshingizda. Kamina keldi.
20. ajratib ko’rsatilgan so’zlar bilan ma’nodosh bo’lgan olmosh berilgan javobni toping.
A) Haqiqiy olim shunday kishiki,so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi.
B) Qulingiz ne buyursangiz har ishga tayyor.
C) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
D) O‘zini hurmat qilmagan odamdan yaxshilik kutma.
21.Kishilik olmoshi ta’kid ma’nosida kelgan javobni toping? |
A) Baxtsizliging sirini boshqalardan emas, o’zingdan so’ra.
B) Siz nega buncha loqayd bo’lib bormoqdasiz.
C) Qurvonbibi o’z erini, qovog’idan qor yog’ib turgan suvuq bir so’fini ko’radi.
D) Bu masala bilan men o’zim jiddiy shug’ulanaman.
22.Olmoshning to’rt o’rinda qatnashgan javobni toping?
A) Hozir ham hech kim o’z ismini aytmaydi.
B) Hammasi joyida ,do’stlar, men hech kimdan hech narsadan xafa emasman
C) Shorahim ko’z yoshini hech vaqt ko’rsatgan emas,uning bu so’zi ham rost.
D) Hamma shu yerda ,faqat sizni kutishadi.
23.O’zlik olmoshi predmetni ko’rsatgan javobni toping?
A) Rostini aytsam o’zim ham yomon bola emasman.
B) Alisherning soati o’zi ishlab ketdi.
C) O’zimga o’zim gapiradigan bob qoldim.
D) O’zingni er bilsang, o’zgani she’r bil.
24.Birov olmoshi o’rniga allakim olmoshini
qo’llasa bo’ladigan gapni toping?
A) Bolalarning birovi ko’zini chirt yumdi.
B) Bu gaplarni birov eshitmasin.
C) Birovi – erkakmi, ayolmi, Nazir ota kiyimidan ajrata olmadi – gul do‘konining oldini supuryapti.
D) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi.
25.Belgilash olmoshi qatnashgan javobni toping?
A) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir.
B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat-ehtiromga o’rgatadi.
C) Kimki intilmasa, u hech narsaga erishmaydi.
D) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
26. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik
menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga.
Ushbu parchada olmosh necha o’rinda qo’llangan?
A)4 B) 5 C) 6 D) 7
27. Bu yigitning nimasidir unga rahmatli otasini eslatardi.
Ushbu parchada olmoshning qaysi ma’no turi qo’llangan?
A)Ko’rsatish, kishilik, gumon B) Ko’rsatish, kishilik, so’roq
C) Ko’rsatish, kishilik, belgilash D) o’zlik, kishilik, gumon
28. Gumon olmoshi qatnashgan javobni toping?
A) Bu hovuz ikki odam bo’yi chamasi chuqur edi.
B) Ular bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqdalar.
C) Birov uni bo’g’ayotgandek, yelkasini qimirlatib,nafasini rostladi.
D) Bundan ham go’zal ,bundan ham sururli manzara bo’larmi.
29. Ko’rsatish olmoshi qatnashgan javobni toping?
A) Hamma barobar qalqib o’tib ketguncha ta’zimda bo’ldi.
B) Mana menman, u isyonning o’lmas avlodi.
C) Shirinsiz, mehribon xola yana uning yelkasidan qoqib xayrlashdi
D) Biz barchamiz ajdodlarimiz ananasiga sodiqmiz.
30.Olmoshning ma’nosiga ko’ra bir turi qatnashgan javobni toping?
A) Bu dunyoda – tabiatda ham, jamiyatda ham
bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi.
B) Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun
gilosning yonidan o‘tarman, allanimaga turtinib ketdim.
C) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini
shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz,
oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
D) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri.
Dostları ilə paylaş: |