Davlat va huquq asoslari 9-sinf 2-variant 1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra huquqbuzarlik natijasida mol-mulkka yetkazilgan zarar miqdori qancha bo’lganda ko’p bo’lmagan zarar hisoblanadi? A) Eng kam oylik ish haqqining o’n barobaridan oltmish barobariga qadar;
B) Eng kam oylik ish haqqining o’n besh barobaridan ellik besh barobariga qadar;
C) Eng kam oylik ish haqqining yigirma barobaridan to’qson barobariga qadar;
D) Eng kam oylik ish haqqining o’ttiz barobaridan yuz barobariga qadar.
2. Quydagi davlatlar orasidan unitar tuzilish shakliga ega davlatlar berilgan javobni aniqlang? 1.Buyuk Britaniya 2.Argentina 3. Gretsiya 4. Belgiya 5.Misr 6. Shvetsariya
A) 1.2.4 B) 1.3.5 C) 2.3.4 D)3.4.6
3. “Agar davlat qonunlarga tayanmasa ,u o’zining shon-shuhrati va buyukligini uzoq saqlay olmaydi” .Ushbu jumlalar kimga tegishli ? A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino
C) Abu Nasr Farobiy D) Amir Temur
4. “(1)Voyaga yetgan , (2)mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar”. Quyida osti belgilangan jumlalar huquq normalarining qaysi elementiga taluqli ekanligini aniqlang ? A) 1-Gipoteza , 2-Dispozitsiya B)1- Dispozitsiya , 2- Gipoteza
C) 1-Gipoteza , 2-Gipoteza D) 1-Dispozitsiya , 2- Dispozitsiya
5. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko’ra o’n uch yoshdan o’n olti yoshga qadar jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning sodir etgan jinoyatlar majmuidan bittasi o’ta og'ir jinoyat hisoblansa qancha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi? A) 7 yil B) 10 yil
C) 12 yil D) 15 yil
6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ustunligi e’tirof etilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan edi? A) 1990-yil 14-dekabr B) 1992-yil 10-dekabr
C) 1993-yil 9-aprel D) 1994-yil 22-sentabr