Mashxura: Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Shoirning otasi G’iyosiddin Kichkina temuriylar saroyida amal-dorlardan bo’lgan, onasi esa shahzodalarga enagalik qilar edi.
Husnora: Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Mashxura: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan. Ota-onasi unga sherdek kuchli, yo’lbarsdek chaqqon buyuk bir inson bo’lib yetishsin deb “Bobur” ismini qo’yadilar.
Madina: Alisher Navoiyning “Hamsa”si kelajak avlodlar uchun qoldirib ketgan ulkan bir xazinadir. Bu xazina 5 dostondan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
Asila: Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur
Munavvar: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Axror: Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo’shil.
Qizlar ijrosida raqs: “O’zbegim qizlari”
Sarvinoz: Zahiriddin Muhammad Bobur o’z umri davomida ro’y bergan voqea – hodisalar, joylar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan “Boburnoma” dek buyuk asarni yaratdi.
Muxlisa: Biri Agra, biri Dehli , biri Lohur
Samolar o’zaro boqar olislarga,
Boburiylar ruhi ila oboddir
Vidolashib yo’l ko’rsatur yulduzlarga.
Marjona: Men dunyoni nima qildim, O’zing yorug’ jahonim.
O’zim xoqon, o’zim sulton, Sen taxti Sulaymonim.
Yolg’izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan Ulug’imsan vatanim…
Sherali: Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb, Ko’ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog’i ochilmagan Qo’rig’imsan, Vatanim…
Xurshid: Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Kurdistonda , Boburing – Hindistonda ,
Bu qanday yuz qarolig’ deb, Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to’qson olti Urug’imsan Vatanim…
Qayumxo’ja:Qirq yil chorla , go’rdan chiqmaydi Bobur ,
Chiqsa ham bag’ringga sig’maydi Bobur.
Hindu quchog’ida uxlaydi Bobur,
Nega yig’lamaysan ahli Andijon?
Mashxura: Qani Bog’ishamol kezgan yellaring,
Qirlarda kekkaygan qirg’ovullaring,
Eslab ezilmasmu endi dillaring,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon ?..
Muxlisa: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz.
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.
Sahna ko’rinishi: Turli tillarda Navoiy va Boburni butun dunyo taniganligi haqida o’quvchilar o’zlarining musiqali chiqishlarini namoyish qildilar.
Alpomish: Shuning bilan tayyorlab kelgan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi, e’tiboringiz uchun rahmat!