Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

Reaktivlar. 9 ml chumoli kislota (96 foizli), 14 ml etil spirt, nat­riy karbonat, kalsiy xlorid.
Ish vaqtida ehtiyot bo‘lish kerak! Chumoli kislota teriga ta’sir qiladi.
Tubi yumaloq 50 ml sig‘imli kolbaga 9 ml 96 foizli chumoli kislota, 14 ml etil spirt va 2,5 g suvsiz kalsiy xlorid solib aralashtiriladi. Kolbaga deflegmator va oqimi pastga qiya qilib sovitgich ulanadi (31-rasm) va suv hammomida qizdiriladi. Chumoli kislotaning etil efiri hosil bo‘lishi bilan haydaladi. U muzli suv bilan sovitiladigan yig‘gich kolbaga yig‘iladi. Reaksiya nihoyasiga etgach kolbadagi modda ajratgich voronkaga quyiladi, etilformiat ajratib olinadi. U oldin suv, keyin 10 foizli natriy karbonat eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Etilformiat kalsiy xlorid bilan quritiladi va uzun deflegmatorli kolbaga quyilib, suv hammomida haydaladi, 53-56°C da qaynaydigan fraksiya yig‘iladi. Efirning unumi 13 g.
Chumoli kislotaning etil efiri (etilformiat, etilmetanoat) - rangsiz suyuqlik, etanolda va dietil efirda eriydi, 25°C da 100 g suvda 11,8 g eriydi. Molekulyar massasi 74,08; suyudlanish temperaturasi - 80,5°C; qaynash temperaturasi 54,3°C; 0,9169; 1,3600.
Sifat reaksiyasi, Gidroksamli namuna (98-betga qa­ralsin, «Sirkaetil efir»).

  1. Xlorsirka kislotaning etil efiri.

C1- CH2 – COOH + C2H5OH ⇆ C1- CH2 - COOC2H6 + H2O
Reaktivlar. 10 g xlorsirka kislota, 7,7 ml absolyut etil efir, sulfat kislota (d-1,84), natriy gidrokarboiat, kalsiy xlorid.
Ish mo‘rili shkafda bajariladi! Xlorsirka kislota kuydiradi. Uning etil efiri shiliq pardalarga ta’sir diladi.
Tubi yumaloq 50 ml sig‘imli kolbaga 10 g xlorsirka kislo­ta, 7,7 ml absolyut etil spirt va 0,7 ml konsentrlangan sulfat kislota solib aralashtiriladi. Kolbaga xlorkalsiyli nay kiygizilgan sovitgich o‘rnatiladi, aralashma 3 soat davomida suv hammomida qizdiriladi. Aralashma sovitilib, unga 50 ml sovuq suv quyiladi. Keyin ajratgich voronkaga quyilib, pastki qavat (xlorsirka kislotaning etil efiri) ajratiladi va 5 ml natriy gidrokarbonatning to‘yingan eritmasi bilan yuviladi. Efirni kalsiy xlorid bilan quritib, kichkina de­flegmatorli kolbadan (31-rasm) haydaladi. 142-145°C da qaynaydigan fraksiya yig‘iladi. Efirning unumi 7,5 g.
Xlorsirka kislotaning etil efiri (etilxloratsetat) - rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, shiliq pardalarga ta’sir qiladi. Efir va etanol bilan aralashadi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 122,55; suyuqlanish tempera-turasi - 26,0°C; qaynash temperaturasi 144,2°C; 1,159; 1,4230.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin