3.Angliyaning siyosiy partiyalari. Ikki partiyaviylik tizimi Angliya hayoti uchun tarixiy hodisadir. XVIII asrda Torilar va Viglar partiyasi. XIX asrda konservatorlar va liberallar (1880-1894 yillar). Bosh Vazir U. Gladston davrida Liberallar partiyasi g`oyat kuchaydi. Nihoyat, XX asrda Konservatorlar va Leyboristlar partiyasi siyosiy hayotda asosiy kuch bulib maydonga chiqdi. 1917-1937 yillar Angliya tarixiga uch partiyaviylik davri bulib kirdi.
Parlament saylovlari bir bosqichli majoritar tizimda bo‘lib o‘tadi. Partiyalar g`olib bo‘lishi uchun mutloq ko‘pchilik ovoz olishlari shart emas. Eng ko`p ovoz olgan partiya eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritadi, biroq buning uchun u butun mamlakat bo‘ylab barcha saylov okruglarida birdek ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishi kerak. Masalan. 1951 yilgi saylovlarda konservatorlar 13 713 000 ovoz olib (48%), 312 o‘rinni (51,35%) ishg‘ol etgan bo‘lsalar, undan ko‘proq - 13 948 000 (48,80%) ovoz olgan Leyboristlar partiyasi esa Parlamentda 295 o‘rinni (47,20%) egallay olgan, xolos. Ba`zan partiyalar parlamentda mutloq ko‘pchilikni tashkil etmasliklari ham mumkin. Masalan, 1974 yildan Ya’ni har ikki partiya Parlamentdagi 50 foizdan kam uringa ega bo‘lganlar. Umuman, aksincha xolat 1945 yildan beri kuzatilmaydi.
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan asosiy siyyosiy partiyalar kuyidagilar:
Konservatorlar partiyasi. An’anaviy qarashlar va e’tiqodlar tarafdorlari bo‘lgan 500 mingdan ziyod a`zolarni o‘zida birlashtiradi. Partiyaga a’zolik barcha uchun ochiq. Partiya lideri 1974 yilda uzgartirilgan Nizomga muvofiq Parlament guruhi tomonidan uch bosqichda saylanadi.
Leyboristlar partiyasi. 300 ming atrofida a’zolarga ega. Partiyaga kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib va yakka tartibda a`zo bulib kirishlari mumkin.
Liberal- demokratlar partiyasi. Viglar partiyasining davomi. 1974 yildan boshlab siyosiy xayotda yana kuchaya boshladi. Parlament saylovlarida 2- va 3- o‘rinni egallamoqda.
Regional partiyalar. Ueletr Ittifoqchilar partiyasi, Ekoss millatparvarlar partiyasi, Britaniya Milliy partiyasi kabi tuzilmalar regionlarda katta ta’sirga ega hisoblanadi.
Xulosa
Partiyalar sonidan qat’iy nazar, bipartizm (ikki partiyaviylik) Buyuk Britaniya siyosiy hayotining o‘ziga xosligini ifoda etadi. 1970-1979 yillar Parlament inqirozi davri bo‘ldi. 1979 yildan esa ikki partiyaviylik tizimi yana tiklandi va bu siyosiy xayotning qayta jonlanishiga sabab bo`ldi. 1979 yildan 1997 yilga qadar qariyb 18 yil Konservatorlar partiyasi hokimiyat tepasida bo‘ldi. 1997 yildan Leyboristlar partiyasi davlat jilovini qo`lga oldilar va 2007 yil yozida Parlamentga saylovlarda Leyboristlar partiyasi yana g`alaba qildi va Gordon Braun hukumatga bosh bo‘ldi. 2010 yil Parlamentga saylovlarda Konservator Devid Kameron Bosh Vazirlik lavozimini egalladi.
Siyosiy hayotdagi yana bir o‘ziga xoslik Bosh Vazir o‘z partiya bilan kelisha olmay qolishi mumkin. Bunday holatda uning iste’fo berishdan bosqka iloji qolmaydi. 1976 yil leyborist X. Vilson, 1990 yil konservator M. Tetcher shu sababga ko‘ra iste’fo bergan edi.
Bugungi kunga kelib Buyuk Britaniya Parlamenti islohotlar busag`asida turibdi. 1997 yil Leyboristlar partiyasii hokimiyat tepasida ekan, Lordlar palatasini isloh etishga karatilgan bir necha takliflarni olg`a surgan edilar. Ulardan ko‘zlangan maqsad palata a`zoligidagi vorisiylik tamoyilini bekor qilish, 750 nafar merosxo`r lord o‘rniga, 92 nafar saylangan lord qabul qilish va shu bilan merosxo‘rlar palatasi o‘rniga saylangan yoki tayinlangan palata barpo etishdan iborat. Natijada Parlamentni demokratiyalashtirishga qaratilgan islohotlar bosqichi ko‘p asrlik tadrijiga yakun yasaydi.