2. Angliyada Parlament va hukumat. Milliy siyosatni olib boruvchi hukumat hokimiyatning asosiy bo`g`ini hisoblanadi. Hukumat boshlig`i esa, o‘z navbatida, Jamoalar palatasida ko‘pchilikni tashkil etgan siyosiy partiya lideri bo`lishi shart. Qabul qilingan qoidaga asosan, saylovlarda g`olib chiqqan partiya lideri Bosh Vazir etib tayinlanadi. Bu borada qirollik tanlash imkoniyatiga ega emas. U o‘z hukumatini tashkil etadi va uning faoliyatini boshqaradi. Agar Bosh vazir mandati tugamay iste’foga chiqsa, vakolatini o‘sha partiya boshqa bir lideri Bosh Vazir sifatida davom ettirish mumkin. Bu qoida yangi xukumat endigina iste’fo bergan bo‘lsa yoki Parlament vakolati tugash arafasida bulmagan xolatdagina amal qiladi. Demak, partiya xukumat shakllanishida va uning faoliyati davomiyligida xam katta rol o‘ynaydi. Partiya etakchisi Bosh Vazir etib saylanishi va tayinlanishi uchun, avvalo, o‘z partiyasi ichida etarli mavqega ega bo‘lishi kerak. Leyboristlar partiyasida bu qat`iy qoida xisoblanadi. Konservatorlar esa uzgacha o‘ziga xoslik mavjud bo‘lib, bu, ayniksa, Bosh vazir iste’fosi masalasida yaqqol namoyon bo‘ladi. 1955 yilgi Parlament saylovlarida g`olib chiqqan Konservator A. Elem 1957 yil yanvarda iste`fo berishga majbur bo‘lgach, partiya nufuzli ta`siri ostida X. Makmillan Bosh Vazir etib e’tirof etilgan. 1990 yil noyabrda o‘z partiyasi tomonidan birinchi bosqichda qayta saylanmagani bois M. Tetcher xonim Bosh vazir vazifasidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini, partiya Nizomi qoidalariga ko‘ra, J. Meyjor egalladi. 1995 yil partiya ichidagi nizolar tufayli u iste’fo berdi, qaytadan o‘z nomzodini ilgari surdi va yana partiya lideri etib saylandi. 1997 yil maydagi Parlament saylovlarida leyboristlar partiyasi g`alaba qozonishi bilan, uning lideri T. Bler hukumat tepasiga keldi.
Bosh vazir o`z Mahkamasi - Kabinetni tuzadi. Kabinet bir necha yuzlab a`zolarni birlashtirgan ko‘p sonli xukumat komandasi bag`ridagi juda muhim va oz sonli tuzilmadir. Uning tarkibiga portfelsiz vazirlar, deportamentlarga biriktirilgan vazirlar davlat kotiblari, yordamchi davlat kotiblari, parlament kotiblari va ko‘pgina etakchi muxoliflar kiradi. Bosh Vazir hukumat a`zolarini o`zi tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi. Jamoalar palatasining ko‘pgina a’zolari ham hukumatga kirishi mumkin. Hukumat tarkibida hatto lordlar ham uchraydi. Parlament saylovlarida bir necha partiya ishtirok etsa-da, keskin raqobat, asosan, asosiy ikki partiya orasida kechadi.