Berilganlarni intellektual tahlil qilish uchun malumotlarni tayyorlash
Berilganlarni intellektual tahlil qilish uchun malumotlarni tayyorlash
Malumotlarni intellektual tahlil qilish algaritmlarini qo’llashdan oldin tahlil qilingan malumotlar to’plami tayyorlash kerak bo’ladi. Malumotlarni intellektual tahlil qilish faqat ma’lumotlarda mavjud bo’lgan qonuniyat va o’lchovlarni aniqlay olganligi sababli manba malumotlari yetarli bo’lishi va bu malumotlarda ushbu qoida mavjud bo’lishi lozim. Ko’pincha malumotlar ombori yoki malumotlar rastasi manba malumotlari sifatida qaraladi. Ma’lumotlar ombori bu tashkilotda qaror qabul qilishni qo’llab quvvatlash uchun tahrirlab tayyorlash uchun maxsus ishlab chiqilgan va biror soxaga yo’naltirilgan malumotlar bazasi ular malumotlar bazasini boshqarish tizimlari va qarorlarni qo’llab quvvatlash tizimlari asosida qurilgan va shular yordamida boshqariladi. Malumotlar omboriga kiritiluvchi malumotlar odatda oddiy foydalanuvchilar tomonidan faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Ularga faqat ruxsat etilgan shaxslar (administratorlar) o’zgartirish kiritishi yoki o’chirishi mumkin.
Malumotar rastasi (Data mart) ixtisoslashtirilgan malumotlar ombori. Bitta ishchi gurux yoki bo’lim foydalanuvchilariga qaratilgan biror mavzuga oid malumotlarning kichik to’plami.
Malumotlarni klasterlash yoki ularni intellectual tahlil qilishdan oldin ularni tayyorlash filtrlash talab qilinadi. Filtrlashda shovqinlar(keraksiz malumotlar) tanlab olinadi va yo’q qilanidi. Filtrlangan malumotlar xususiyatlariga ko’ra bunda qayta ishlash xususiyatlari nazarda tutiladi. Qayta ishlanmagan ma’lumotlarning qaysi xususiyati qayta ishlash uchun yetarlicha quvvatga ega bo’lsa.
Masalan 100x100 inson yuzining oq qora tasviri 10000 ta qayta ishlanuvchi bitni o’z ichiga oladi tasvirda ko’zlar og’iz burun va qoshlarni aniqlab shu pixillarga