Berilganlarning sodda strukturalari: stek, navbat, ro‘yxat, deklar



Yüklə 265 Kb.
səhifə2/2
tarix12.06.2023
ölçüsü265 Kb.
#128846
1   2
4.Azimova Feruzabonu.Berilganlar strukturasi.Stack,Navbat

Stack
Stack bu yana bir chiziqli ma’lumot tuzilmasi bo’lib, u ham Linked listning maxsus bir ko’rinishi hisoblanadi. Stackda har bir tugunda ma’lumot va o’zidan oldingi tugun adresi saqlanadi. Shuning uchun unda faqat oxirgi qo’shilgan ma’lumot ustidagina qandaydir amal bajarish mumkin.
Ko’pchilikni “hayotini saqlab qolgan” CTRL+Z operatsiyasini ko’z oldingizga keltiring. Har safar bu tugmalarni bosganda oxirgi qilgan ishlaringiz orqadan oldinga qarab chiqib keladi (bekor qilinadi). Huddi shu yerda stack tuzilmasi ishlatilganini ko’rishimiz mumkin.
Stackga hayotiy misol sifatida bir uchi yopiq bo’lgan trubani keltirish mumkin. Trubaga do’stingiz bir nechta turli rangdagi sharlar tashladi. Endi siz sharlar rangini bilish uchun faqatgina do’stingiz oxirgi bo’lib truba ichiga tashlagan sharning ranginigina ko’ra olasiz. Qolgan sharlarni ko’rish uchun do’stingiz tashlagan tartibdan teskari tartibda ularni olib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Rekursiv funksiyalar ham huddi shunday ishlaydi. Oxiriga yetmagan funksiyalar (return bo’lmagan) kelgan joyidan rekursiya stekiga tashlab ketilaveradi va keyin ular orqadan oldinga qarab bajariladi. Operatsiyalarning bunday ko’rinishda bajarilish jarayoni LIFO (Last In First Out) deb ataladi.
Stacklar bilan ishlashda doim eng oxirgi element adresi “esda saqlanadi” va bu element ko’pincha top deb ataladi.
Stack ustidagi asosiy amallar

  • Stackga element qo’shish (Push)

  • Stackdan elementni olish. Element o’chiriladi (Pop)

  • Stackdagi top elementni ko’rish. Element o’chirilmaydi (Peek)

  • Stackni bo’shlikka tekshirish (isEmpty)

C ++ tilida stekni realizatsiya qilish. Dastur boshida stek shablonidan foydalanish uchun kutubxonasini yoqishimiz kerak. Stek yaratish uchun biz quyidagi sxema bilan ishlashimiz kerak: stack ; Yangi satrda stack kalit soʻzini yozishimiz kerak. - bu yerda stekda saqlanadigan ma‘lumotlar turini yozishimiz kerak. - bu stek nomi. Steklar bilan ishlash metodlari. Metodlar - navbat va stek kabi konteynerlar uchun ishlatiladigan funksiyalar. Quyida stekda ishlatiladigan metodlarni qarab chiqamiz: #include #include //stek kutubxonasini ulash 33 using namespace std; int main() { stack stek; // Stek yaratish int i = 0; cout << "Istalgan oltita son kiriting: " << endl; while (i != 6) { int a; cin >> a; stek.push(a); // Sonni stekka qoʻshish i++; } if (!stek.empty()) cout << "Stek boʻsh emas"; //Stekni boʻshligini tekshirish cout << "Stekning yuqori elementi: " << stek.top() << endl; // Eng yuqori elementni chop etish cout << "Eng yuqori elementni olib tashlash " << endl; // stek.pop(); // yuqori elementni oʻchirish cout << "Bu endi yangi yuqori element: " << stek.top(); return 0; } Dasturda berilgan push() funksiyasi yordamida stekka element qoʻshamiz. Qavslar ichida biz qoʻshmoqchi boʻlgan qiymat boʻlishi kerak. Dastur kodida stek boʻshligini tekshirish uchun empty() metodidan foydalanamiz. Agar bu funksiya natijasi true boʻlsa, u holda stek boʻsh boʻladi. Agar natija false boʻlsa, unda stekda element mavjud boʻladi. Stekning eng yuqori elementini oʻchirish uchun pop() funksiyasi ishlatilgan. pop() funksiyasida, push() funksiyasidan farqli oʻlaroq, qavs ichida biror narsani koʻrsatishning hojati yoʻq, lekin qavsning oʻzi boʻlishi kerak. Stekning eng yuqori elementini olish uchun top() funksiyasidan foydalanamiz. 34 peek() funksiyasi. stack kutubxonasiga yangi peek () funksiyasi qoʻshildi, u yordamida stekning N-elementiga murojaat qilishingiz mumkin (yuqoridan). Shu holatda endi stek massivga oʻxshash holatda boʻladi. Quyida peek() funksiyasidan foydalanib uchinchi elementni chiqaramiz. Ushbu funksiya C++11 standartidan keyin qoʻshilgan.

Yuqorida stekni realizatsiya qilishning ikkita usulini koʻrib chiqdik:
1) C++ shablonidan foydalanish. 2) Massivdan foydalanish. Agar siz dasturingizda stekdan foydalansangiz va uni iloji boricha tezroq bajarishni afzal bilsangiz, unda stekni amalga oshirishning birinchi usulidan foydalaning. Agar siz dasturning ishlashi haqida qaygʻurmasangiz, unda massiv orqali stek yaratilishidan foydalanishingiz mumkin. Birinchi usulda ishlatish va e‘lon qilish tez va oson. 36 Quyida yana bir juda muhim ma‘lumotlar tuzilishini - navbatni oʻrganamiz. Ushbu ma‘lumotlar tuzilishi koʻplab messenjerlarda (masalan, telegramda) foydalaniladi.
Navbat. Navbat - bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi") prinsipi boʻyicha qurilgan ma‘lumotlar strukturasi. Navbatda, agar siz avval kiritilgan elementni qoʻshsangiz, u birinchi boʻlib chiqadi. Agar 4 ta element qoʻshsangiz, birinchi qoʻshilgan element birinchi boʻlib chiqadi. Navbat qanday ishlashini tushunish uchun siz xarid qilish navbatini tasavvur qilishingiz mumkin va siz uning oʻrtasida turibsiz, shunda siz kassaga qarama-qarshi boʻlasiz, avval siz oldingizdagi barcha odamlarga xizmat qilishingiz kerak boʻladi. Ammo navbatda turgan oxirgi odam uchun kassir oʻzidan boshqa barcha odamlarga xizmat qilishi kerak. 3-rasm. Navbat ma’lumotlar strukturasi Rasmda 7 ta raqam mavjud: 2, 4, 7, 1, 4, 9, 10. Agar ularni ajratib olishimiz kerak boʻlsa, biz ularni rasmdagi kabi tartibda chiqaramiz! Masalan, 4-raqamni ajratib olish uchun avval 2-raqamga, soʻngra 4- raqamga xizmat koʻrsatishimiz kerak. Stekda peek() funksiyasi mavjud boʻlsa-da (bu elementga indeks boʻyicha kirishga imkon beradi), navbat shablonidagi ma‘lum bir elementga murojaat qilish mumkin emas. Agar siz navbatning barcha elementlariga kirishingiz kerak boʻlsa, unda siz navbatni massiv orqali amalga oshirishingiz mumkin. Quyida biz buni qanday bajarilishini koʻrib chiqamiz. C++ tilida navbatni realizatsiya qilish. Agar siz C++da navbat shablonidan foydalanmoqchi boʻlsangiz, unda avval kutubxonasini kiritishingiz kerak. Bundan tashqari, navbatni e‘lon qilish uchun quyidagi strukturani ishlatishingiz kerak.
Navbatning metodlari. Navbat bilan ishlash uchun funksiyalarni bilish kerak: push(), pop(), front(), back(), empty(). 1. Navbatga yangi element qoʻshish uchun push() funksiyasidan foydalanish kerak. Qavslar tarkibida biz qoʻshmoqchi boʻlgan qiymat boʻlishi kerak. 2. Agar biz birinchi elementni olib tashlashimiz kerak boʻlsa, pop() funksiyasi bilan ishlashimiz kerak. Qavslar ichida endi koʻrsatilishi kerak boʻlgan narsa yoʻq, lekin qoidalarga koʻra, ular albatta mavjud boʻlishi kerak. Ushbu funksiyalarga argument kerak emas: empty(), back() va front(). 3. Agar navbatning birinchi elementiga murojaat qilishingiz kerak boʻlsa, unda front() funksiyasi kerak. 4. back() funksiyasi navbatdagi oxirgi elementga kirishga yordam beradi. 5. Navbatning boʻshligini bilish uchun empty() funksiyasidan foydalanish mumkin. -Agar sizning navbatingiz boʻsh boʻlsa, u true qiymatini qaytaradi. -Agar unda biror narsa boʻlsa, u false qaytadi. Quyida biz yuqoridagi metodlarning barchasini qoʻllaymiz:



Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin