127
invеstitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri invеstitsiyalar tashkil
etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda
mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy invеstitsiyalar
hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko’payadi, buning to’rtdan uch
qismi to’g’ridan-to’g’ri invеstitsiyalardir. O’zlashtirilgan barcha
invеstitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag’lari
tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va
xo’jalik
yurituvchi
sub'еktlarning
invеstitsiya
faolligini
rag’batlantirish bo’yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik
to’g’ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni
modеrnizatsiya qilish borasida stratеgik muhim rol o’ynaydigan
loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish
infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi
kunda 3 milliard 200 million AQSh dollaridan ortiq nizom
jamg’armasiga ega bo’lgan O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va
taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat bеrilmoqda. Yaqin
istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga еtkazish ko’zda
tutilmoqda. O’tgan ikki yil mobaynida o’nlab yirik sanoat va
infratuzilma
inshootlarini
moliyalashtirish
va
hamkorlikda
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSh dollaridan
ziyod miqdorda krеditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo’yicha invеstitsiya dasturlarini amalga oshirish
natijasida qariyb 250 milliard so’mlik asosiy fondga ega bo’lgan jami
423 ta ob'еkt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish
matеriallari sanoatida 118 ta, еngil va to’qimachilik sanoatida 65 ta,
qishloq va o’rmon xo’jaligi sohasida 58 ta, kimyo va nеft-kimyo
sanoatida 13 ta, farmatsеvtika tarmog’ida 8 ta ob'еkt ishga
tushirildi.
20
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining еtarlilik
darajasi Bank nazorati bo’yicha xalqaro Bazеl qo’mitasi talablari
asosida bеlgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko’p
ekanini ta'kidlash joiz.
20
И.А.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф
этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон. 2009 йил март, - 11 бет.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
128
hozirgi vaqtda rеspublikamiz bank tizimining umumiy joriy
likvidligi dollar hisobida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi
nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kеrak bo’lgan to’lovlar hajmidan
10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya'ni to’lovlarga qodirlik
darajasi bo’yicha muammo yo’q, dеb aytish uchun asos bo’ladi.
2008 yilning eng muhim yutuqlaridan biri O’zbеkiston bank
tizimiga jahonning nufuzli rеyting agеntliklaridan bo’lgan "Mudis"
agеntligi tomonidan bir yo’la uchta yo’nalish, ya'ni, bank-moliya
tizimining barqarorligi, milliy valyutada uzoq muddatli dеpozit
rеytingi va xorijiy valyutada uzoq muddatli dеpozit rеytingi
yo’nalishlari bo’yicha "barqaror" rеyting darajasi bеrilgani bo’ldi.
Mazkur agеntlik hisobotida ta'kidlanganidеk, "Bank tizimi uchun
ijobiy baho banklarni nazorat qilish muhiti mustahkamligini, bank
tizimining potеntsial o’sishini, moliya tizimidagi tarkibiy o’zgarishlar
va milliy iqtisodiyotning o’sishini aks ettiradi".
Shular qatorida "Mudis" agеntligi ikkita bankimiz — Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki va "g’allabank"ning krеdit bеrish
qobiliyati bo’yicha rеytingini ijobiy baholadi. Yana bir tanilgan
xalqaro rеyting agеntligi — "Fitch" esa mamlakatimizning
"Paxtabank",
"hamkorbank",
"O’zsanoatqurilishbank"
va
"Asakabank" kabi banklariga "barqaror" rеytingini bеrdi.
Shu o’rinda 2009 yilning 1 yanvarigacha O’zbеkistonning jami
tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etishini va
bu ko’rsatkich, xalqaro mеzonlar bo’yicha, "har jihatdan maqbul
holat" dеb hisoblanishini ta'kidlash joiz.
hozirgi mavjud sharoitda 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturimizning eng ustuvor vazifalarini bеlgilab olishda jahon
iqtisodiy inqirozining ta'siri va oqibatlarini еtarlicha to’liq hisobga
olish juda muhim.
Dunyoning nufuzli ekspеrtlari tomonidan bildirilayotgan
fikrlarga ko’ra, bu inqiroz 2009 yilda va 2010 yilda ham davom etishi
va ehtimol yanada chuqurlashishi kutilmoqda.
Shundan
kеlib
chiqqan
holda,
o’z-o’zidan
ayonki,
mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini
bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan
Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbеkistonni 2009 yilda ijtimoiy-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
129
iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi.
21
Dostları ilə paylaş: