Asosiy vositalarining qiymatini indeksatsiyalash – asosiy vositalarini
inflyatsiya, ma’naviy eskirish va boshqa omillarni hisobga olgan xolda qayta
baholash va balansga aks ettirish.
Asosiy vositalarinining faol qismi – savdo texnologik jarayonida bevosita
ishlatiladigan mashina, mexanizm va uskunalar.
Balans foyda – korxonaning savdo va bashqa faoliyat turlaridan oladigan
foydasining soliqlar va boshqa majburiy ajratmalarni to’lashdan oldingi umumiy
summasi.
Debitor – korxona, tashkilot yoki muassasadan qarzi bo’lgan yuridik yoki
jismoniy shaxs.
Debitorlik qarzi – o’zaro xo’jalik aloqalarini olib boruvchi korxona,
tashkilotlarning bir-biridan qarzi summasi.
Debitorlik qarzning qayta moliyalashtirish – debitorlik qarzlarini pul
aktivlariga aylanishini tezlashtirish bo’yicha moliyaviy operatsiya.
Kredit – pul vositalarini
, tovar va xizmatlarini ma’lum ustama (foiz) to’lab
qaytarib berish sharti bilan noma’lam muddatga qarz berish.
Kredit munosabatlari – ssuda fondini shakllantirish va undan
foydalanish munosabatlari.
Kredit pullari – kredit aloqalarida ishlatiladigan qog’oz pullar, kredit
pullar oltin o’rniga paydo bo’lgan qarz beruvchi va qarzdor o’rtasidagi
amalga oshadigan xarakatlarda qo’llanadi.
Passivlar – korxona tomonidan o’z xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish uchun
ishlatiladigan, qarzga olingan pul mablag’lari.
68
Hisob-kitoblarning pulsiz shakli – barter almashuvi, o’zaro hisob-kitob
(kliring) sxemalari, shuningdek notijorat yo’li bilan kreditlashning barcha turlari
(shu jumladan, to’lamasliklar).