86
Jamoa esa buni maxsus treningda shakllantirishga kirishdi. Yangi, yagona
korxonaning missiyasi ishlab chiqildi. Korxonani tashkil etishning asosida yotuvchi
tamoyillar aniqlandi. Shu jumladan kompaniya amal qiladigan qadriyatlar ham
ishlab chiqildi, — kompaniya ishida ishtirok etuvchi yoki uning faoliyatiga jiddiy
ta’sir ko’rsatuvchi guruhlarning ehtiyojlarini qondirish. Ana shunday guruhlar
jumlasiga quyidagilar kiradi: mijozlar, mulkdorlar, xodimlar, menejment, yetkazib
beruvchilar, sheriklar. Ushbu guruhlar bilan kompaniya o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar tamoyillari belgilandi. Yangi sharoitda ishlash uchun qanaqa xodimlar
talab etilishi, ularni nimaga va qanday o’qitish lozimligi ma’lum bo’ldi. Kelgusidagi
motivatsiya tizimining shaklu-shamoyili paydo bo’ldi.
Bundan keyin butun jamoa harakatlarining xususiyatini belgilab beruvchi
qadriyatlar tizimining shakllanishi qilingan ishlarning yakuni bo’ldi. Ikkala
korxonaning ham xodimlari samarali o’zaro hamkorlik qilgan holda va belgilangan
yo’l bo’yicha bir yo’nalishda harakatlanib, sa’y-harakatlarni umumiy maqsadga
erishish yo’lida birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: