101
Bularning barchasi ixtisoslashuv va professionalizmning yuqori darajasiga,
demak, bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda mijozlar uchun kafolatlarning
yuqori darajasiga erishish imkonini beradi.
Lekin ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar nafaqat
bitimlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida tavakkalchilikning yuqori
darajasi bilan ajralib turadi. Bitim buzilgan hollarda mulk yoki puldan ajralib qolish
xavfi ko’chmas mulk bozorining eng asosiy tavakkalchiliklaridan biri hisoblanadi.
«Kredit-TSentr»ning ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan bitimlarni
tayyorlash va uni o’tkazishda ishtirok etishi tavakkalchilikni keskin kamaytiradi.
Rieltorlarning kasbiy javobgarligi 65 ming AQSH dollari qiymatida
sug’urtalangan. Bundan tashqari, firmaning o’z ko’chmas mulki kafolatni
ta’minlashning eng ishonchli omili hisoblanadi. «Kredit-TSentr» mutaxassislari
faoliyat ko’rsatadigan ofis firmaga mulk huquqida tegishli, demak, agar mijozlar
bizning aybimiz bilan zarar ko’rsa, ularni qoplashning ta’minoti bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Ishlayotganimizga 8 yildan ko’p bo’lgan bo’lsa, hozircha bunaqa holat yuz
bergani yo’q.
Dostları ilə paylaş: