30
4 bob. KOUZ TEOREMASI VA TRANSAKTSIYA XARAJATLARI
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1.
Transaktsiya xarajatlari, ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson
yondashuvi?
2.
Transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi?
3.
O’zbekiston Respublikasida transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish
chora-tadbirlari?
4.
Transformatsiya xarajatlari, ularni tahlil qilishga nisbatan Nort yondashuvi?
5.
Mikrodarajada transaktsiya va transformatsiya xarajatlari.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Transaktsiya
– shartnoma shakliga ega bo’lgan bitim.
Transaktsiya xarajatlari
– bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bag’liq
bo’lmagan xarajatlar, xususan axborotni yig’ish va qayta ishlash xarajatlari,
munozaralarni o’tkazish va qarorlar qabul qilish xarajatlari, shartnomalarning
bajarilishini nazorat qilish va huquqiy himoyalash xarajatlari.
Transaktsiya xarajatlari
– bu mulkchilik huquqlarini almashish va
himoyalash bilan bog’liq barcha xarajatlar.
Transformatsion xarajatlar
– iqtisodiy tizimdagi eski institutlarni tugatish,
yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish bilan bog’liq
xarajatlar.
Transaktsiya xarajatlari
– axborotni yig’ish va qayta ishlash xarajatlari,
muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning bajarilishini nazorat
qilish va yuridik himoyalash xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: