Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

“Xalq davlat 
id
oralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, 

Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”
degan muhim tamoyilni 
amalga oshirishda biz, avvalo, ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va 
imkoniyatlariga tayanamiz
degan g’oya bu borada faoliyatimiz mezoniga 
aylanmoqda. 
Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o’z yechimini 
topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham mavjud. Ko’pgina 
korxonalarning zarar ko’rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, 
bankrotlikka uchrayotganligi, ulardagi transaktsiya xarajatlari yuqoriligi, xususiy 
mulkchilik shakllari va raqobat muhitini shakllantirish muammolari shular 
jumlasiga kiradi. 
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan 
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini 
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq 
xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat 
ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, 
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, 
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida belgilab 
olindi.
“Institutsional iqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun 
tayyorlangan ushbu o’quv qo’llanmada har bir mavzu yuzasidan alohida testlar, 
amaliy mashqlar, keyslar, nazorat uchun savollar, tayanch iboralar, to’g’ri va 
noto’g’ri fikrlarni ifoda etuvchi savollar va boshqa ma’lumotlar berilgan. 
Qo’llanmaning asosiy maqsadi - istitutsional iqtisodiyot nazariyalarini amaliyot 
bilan mustahkam bog’lash, iqtisodiyot rivojlanishini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan 



institutsional tahlil qilish bo’yicha talabalarni amaliy bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lishga yo’naltirish hisoblanadi. 
Ushbu o’quv qo’llanma davlat standarti talablari va Respublika 
muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi 
asosida yozilgan. Unda o’quv dasturidagi barcha mavzular qamrab olingan. Ammo, 
kitob hajmini kattalashtirmaslik uchun ayrim materiallar qisqartirib berildi. Shu bois 
amaliy dars uchun yozilgan ushbu o’quv qo’llanmada ayrim kamchilik va 
munozarali jihatlar ham bo’lishi mumkin.
Mualliflar ushbu qo’llanmani sinchiklab o’qib, uni yaxshilash bo’yicha o’z fikr-
muloxazalarini bildirgan i.f.d., professor N.M.Maxmudovga, i.f.n., dotsent. N,G. 
Mo’minovga samimiy minnatdorchilik ishor etadi.
O’quv qo’llanmani mazmun-mohiyatini yanada boyitish va uni 
takomillashtirish yuzasidan bildirilgan xolisona fikrlarni TDIUga yo’llash mumkin.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin