BEKOBOD SHAHAR 2 –SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABINING INFORMATIKA FANI
O’QITUVCHISI
TEMIRBOYEVA KAMOLANING
“BESH TASHABBUS – BESH QANOT” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
TADBIR
SSENARIYSI
Sahnaga ikki o‘quvchi yugurib chiqib keladi…).
1-O‘quvchi: Ehe he heeeeee. Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, bugungi tadbirimizni ko’rolmay keyin attang deb qolmang.
2-O‘quvchi: Ehe he heeeeee.!Odamlaru odamlar mehri daryo insonlar bugungi tadbirimizga Xush kelibsizlar! (O‘quvchilar sahnani tark etadi. so‘ngra sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar)
1-boshlovchi:
SALOM berib sehr bilan,
Dil to’rida MEHR bilan.
Tilab sizga tillo TAXT,
Hamroh bo‘lsin OMAD BAXT.
Aytib dildan xush kalom,
Sizga samimiy «SALOM».
2-boshlovchi:
Salom sizga yurak to‘ridan,
Davramizga yig‘ilgan do‘stlar.
Ko‘ksimizga qo‘limiz qo‘yib,
Deymiz sizga «Xush kelibsizlar!».
Assalomu – alaykum aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, davramizga kelgan jamiki mehmonlar, barcha-barchangiz bugungi “BESH TASHABBUS – BESH QANOT “ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-martda qabul qilingan 5 ta muhim tashabbusning 4 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirimizni boshlaymiz.
2-boshlovchi: Ushbu qaror yoshlarni ma’naviy yuksaklikka yetkazuvchi qadamlardan biri bo‘lib, biz yoshlarni mustaqil Vatanimizning nurli kelajagi sari odimlashimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
1-O‘quvchi: Prezidentimizning birinchi tashabbusi yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.
She’rlar _____________________________________________
____________________________________________________
_____________________________________________________
Adabiyot, musiqa, san’at
Oshno etar ezguliklarga.
Teatr bu hayot maktabi
Chek qo’yadi yovuzliklarga
Do’stim bekor o’tmasin kuning
Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz
Qara axr bizga sharoit
Yaratmoqda beshta tashabbus
Tabiatni turfa tasvirlab
Rasm chizib bera olgin tus
Yoki q’shiq aytgin baralla
Seni qo’llar beshta tashabbus
2-boshlovchi: (Raqs Chamanda gul)
Rassomlar chiqishadi______________________________________
2-O‘quvchi: ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
She’rlar _____________________________________________
____________________________________________________
_____________________________________________________
Sport tinchlik elchisi
Chiniqtirar bizlarni
Dunyolarga tanitar
Kuchli o’g’il qizlarni
Jismonan sog’, bo’lgin pahlavon
Sport bilan oshno tutingin
Yuragingda qolmaydi armon
Yurt byrog’in ko’kka ko’targin
Sog’lom tana, norg’ul bo’l doim
Chempion bo’l olg’a yur doim
Sport bilan mashg’ul bo’l doim
Senga yo’ldosh beshta tashabbus
Sport bilan shug’ullan
Boks, tennis, suvda suz
Jismonan chiniqasan
Qo’llar beshta tashabbus
Sportsmenlar chiqishlari________________________________
3-O‘quvchi: Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
She’rlar _____________________________________________
____________________________________________________
_____________________________________________________
Izlan, o’rgan dunyoni tani
Barchaning bor go’zal Vatani
Kompyuterni internetni bil
Shu el uchun ixtirolar qil
Kompyuter texnika asri
Rivojlanib bormoqda xanuz
Sen ham o’qib o’rganib olgin
Imkon berar beshta tashabbus
Kompyuter asri bu
Kerakli dasturlar tuz
Xalqqa tegsin zo’r foydang
Qo’llar beshta tashabbus
4-O‘quvchi: To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
She’rlar _____________________________________________
____________________________________________________
_____________________________________________________
Kitobni sev, uni asragin
Do’st deb bilgin-yodda saqlagin
Kitob nurdir , kitob ziyodir
Qalblar uchun mehrigiyodir
Kitob nurdir ilmning
Dengizida sho’ng’i, suz
Boshqarasan dunyoni
Qo’llar beshta tashabbus
1-BOSHLOVCHI: — Kitob zehnlarni charxlab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi. Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg‘izligingda hamroh, g‘amginligingda tabib bo‘ladi.
2-BOSHLOVCHI: — Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo‘lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat botqoqiga g‘arq bo‘ladi.
1-BOSHLOVCHI: Endi navbat
Dostları ilə paylaş: |