BAXTIYOR.UZ - o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!
BESH TASHABBUSGA
Hazrat Navoiydan boshlangan kuylar,
Mirzo Boburdan ham kechgan har o‘ylar.
Amir Temurdan bu me’ros tuyg‘ular,
Beshta tashabbusda ko‘rinmish bugun.
Barcha ilmlarning sirlarin ochib,
Eng yorug‘ yo‘llarga intilar yoshlar,
Mana Ulug‘beklar, zamonlar oshib,
Beshta tashabbusda ko‘rinmish bugun.
Beshta tashabbusning beshta ifori,
O‘zbekiston bo‘ylab taralar bugun.
O‘zbek buyuk xalqdir, uning SHavkati,
Shuhrati barchaga rahnamo bugun.
Boqing o‘zbegimning maktablariga,
Boqing har ilmning poydevoriga.
Eng dono, eng oqil farzandlar mana,
Beshta tashabbusdan nur olar bugun.
Baxtidan mamnundir har bir o‘g‘il qiz,
YOnida tog‘ bo‘lib turar ustozlar.
Ilm daryosiyu, ilm osmonida,
Bu beshta tashabbus yagona bugun.
Beshta tashabbusga javoblar aytib,
Ma’rifat yo‘lini bo‘ston qilamiz.
Shukronalar qilib buyuk ollohga,
Biz hizmat qilamiz O‘ZBEKISTONGA!
5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlanadi.
1-tashabbus.
🎼🎤🎧🏛
Adabiyot ,musiqa san’at ,
Oshno etar ezguliklarga .
Teatr bu hayot maktabi,
Chek qo‘yadi yovuzliklarga.
2-tashabbus.
♀
⛹ 🏊 ♂🏇🏄 ♂🏆🥇🥈
Sport tinchlik elchisi,
Chiniqtirar bizlarni,
Dunyolarga tanitar ,
Kuchli o‘g‘il-qizlarni.
3-tashabbus.
💻🖥🖨
Kompyuter bu manba ,
Foydalangin sen to‘g‘ri.
O‘zinga bog‘liq bari,
Keraklimi,noto‘g‘ri.
4-Tashabbus
📕📗📙📒
Kitobga do‘st bo‘lganlar,
Olam sirini bilar.
Kelajakda el uni ,
Doimo hurmat qilar.
👩 🔬👩 ⚕👩 🏫👩 👩 👧 👧5-tashabbus.
Ayol qiz ishli bo‘lsa
Oilada bo‘lar baraka.
Kasb-kor kerak doim ,
Oshar bilim,malaka.
Besh tashabbus
YUrtboshimiz chiqardi farmon,
YOshlarimiz bo‘lsin bilimdon.
Beshta muhim tashabbus bilan
Izlanamiz kelajak tomon!
🌷🌺🌸🌹
Adabiyot-so‘zning san’ati,
Musiqaning nozik xilqatin
Teatrga qo‘yamiz ixlos
Biz san’atni etgaymiz e’zoz!
🎻🎹🎤🎬🎧
Jismonan sog‘, bo‘lgin pahlavon,
Sport bilan oshno tutingin
YUragingda qolmaydi armon
YUrt bayrog‘in ko‘kka ko‘targin!
⚽ ⚽ 🥇
Izlan, o‘rgan, dunyoni tani
Barchaning bor go‘zal vatani
Kompyuterni, internetni bil,
Shu el uchun ixtirolar qil!
📲⌨🖥⌚ 📱
Kitobni sev, uni asragin,
Do‘st deb bilgin-yodda saqlagin
Kitob nurdir, kitob ziyodir
Qalblar uchun mehrigiyodir!
📚📚📚📚
Uvaysiylar, Zulfiyalarning,
Davomchisi lobar qizlardir
Sport, fanda, faol hayotda
Mehnat qilgan a’lo qizlardir!
BESH TASHABBUS-BESH
IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
YAratmatmoqda beshta tashabbus.
Tabiatni turfa tasvirlab,
Rasm chizib bera olgin tus.
YOki qo‘shiq aytgin baralla,
Seni qo‘llar beshta tashabbus.
Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim,
Chempion bo‘l, olg‘a yur doim,
Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim,
Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.
Internetdan bilgin jahonni,
YAngilikni tezda bilib ol.
Charchoqlarni engish chun bir oz,
Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.
Kompyuter, texnika asri,
Rivojlanib bormoqda xanuz.
Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin,
Imkon berar beshta tashabbus.
Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin,
O‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.
Tarix bizni osonlik bilan,
Etkazmagan ushbu kunlarga.
Kitob o‘qi, kitob sovg‘a qil,
YOshlar bizdan olsinlar o‘rnak.
Maktab uchun sovg‘a qilsak gar,
Bir kitob ham bo‘ladi ko‘mak.
Ishsizlik ham chekinar ortga,
Har kim halol rizqini terar.
YAngi yangi ish o‘rinlarni,
Besh tashabbus yaratib berar.
Besh tashabbus besh imkoniyat,
Do‘stim uni sovurma ko‘kka.
Hammasidan foydalangin kel,
To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat yurakka.
BESH TASHABBUS
Odil qaror yurtboshimizdan,
Saboq bo‘lsin beshta tashabbus,
Ibrat bo‘lib har doim bizga,
Mayoq bo‘lsin beshta tashabbus.
Komillikka intilib har dam,
Zabt etaylik cho‘qqilarni ham,
Yo‘llarimiz yoritguvchi sham,
Chiroq bo‘lsin beshta tashabbus.
Ertamiz bor yorqin, ulug‘vor,
Tuprog‘imiz,gulzor,chamanzor,
Ko‘ksimizda g‘urur,iftihor,
Panoh bo‘lsin beshta tashabbus.
Imkonimiz er bilan osmon,
YUksaklarni etaylik makon,
Buyuk maqsad yo‘lida har on,
Hamroh bo‘lsin beshta tashabbus.
Shomollarga sochma shaxtingni,
Sovurma hech aziz vaqtingni,
Ilm o‘rgan, topgin baxtingni,
YAroq bo‘lsin beshta tashabbus.
Ilm bilan ulug‘dir inson,
Dunyo asli bir mard- u,maydon,
Boshimizda hilpirab har on,
Bayroq bo‘lsin beshta tashabbus.
Odil qaror yurtboshimizdan,
Saboq bo‘lsin beshta tashabbus,
Ibrat bo‘lib har doim bizga,
Mayoq bo‘lsin beshta tashabbus.
XURSHID KARIM.
Besh tashabbus
Besh tashabbus, besh mayoq,
Kabi tinmay porlaydi.
Yurtboshimiz bizlarni,
Yuksaklarga chorlaydi.
Iste’doding bor-ku kel,
Intil bolam, yuksal, o’s,.
Sen yurt uchun keraksan,
Der birinchi tashabbus.
Sportni sevasanmi,
Yugur, chiniq, olg’a bos.
Ikkinchi tashabbus bil,
Seni qo’llar qishu-yoz.
Uchinchi tashabbus der,
Jahon tomon intil, shosh.
Internetda ishlay bil,
Bo’lsang hamki keksa-yosh.
Kitobni qo’ldan qo’yma,
O’qi sen komolga yet.
To’rtinchi tashabbusni,
Do’stim sen ham targ’ib et.
Ayollarga ish bering,
Yarating siz sharoit.
Beshinchi tashabbus bu,
Shunda gullar ona yurt.
Besh tashabbus, besh mayoq,
Kabi tinmay porlaydi.
Yurtboshimiz bizlarni,
Yuksaklarga chorlaydi!
Muzrob Mo’minov
Ishtixon tumanidagi 59-maktab matematika fani o’qituvchisi.
Beshta muhim tashabbusga
atalgan she‘r
Dunyolarni egallab,
Cho‘qqilarga chiqdik biz.
Yurtboshimiz madadkor
Qo‘llar beshta tashabbus.
Musiqa chal ,she‘rlar yoz,
Sen hohlasang rasm chiz,
Aktyor bo‘lmoqchimisan?
Qo‘llar beshta tashabbus.
Sport bilan shug‘ullan
Boks, tennis ,suvda suz
Jismonan chiniqasan
Qo‘llar beshta tashabbus.
Kompyuter asri bu
Kerakli dasturlar tuz.
Xalqqa tegsin zo‘r foydang
Qo‘llar beshta tashabbus.
Kitob nurdir ilmning
Dengizida sho‘ng‘i ,suz
Boshqarasan dunyoni
Qo‘llar beshta tashabbus.
Bizda hamma teng erur
Teng huquqli yigit -qiz
Bo‘sh o‘tirma tik ,pishir
Qo‘llar beshta tashabbus.
Po‘latova Mastura Nuriddinovna
Dostları ilə paylaş: |