Bh va a talabasi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#153536
1   2   3   4
531-23

Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari, Bozor iqtisodiyoti – bu iqtisodiy munosabatlarning umumiyligi bo‘lib, ular yordamida jamiyat mahsuloti tovar-pul shakliga aylantiriladi. Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishiga tovar ishlab chiqarilishi sabab bo‘lgan. Tarixan bozor iqtisodiyoti rivojlanishining bir necha bosqichlari farqlanadi. 1. Kapital to‘planishning birlamchi bosqichi (18 asr oxiri – 19 asr boshlarida ITI natijasidagi sanoat to‘ntarishi boshlanganda yakunlangan). 2. Erkin raqobat davri. 3. Jamiyat ishlab chiqarishining monopolizatsiyasi. 4. Aralash iqtisodiyot. 1. Bozor munosabatlari

Bozor iqtisodiyoti afzalliklari: 1. Bozor ishlab chiqarishni resursdan mumkin qadar ko‘proq foyda olishga qaratgan holda, resursni tejamlifoydalanishni rag‘batlantiradi; 2. Bozor talabga tez moslashishga, assortimentni o‘zgartirishga va chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashga majbur qiladi; 3. Ishlab chiqarish tuzilmasi yaxshilanadi, chunki yanada samarali ishlab chiqaruvchilar ifodalaydi. 4. Biznes o‘zgarayotgan bozor talablariga moslashadi. 5. Bozor iqtisodiyotning har bir ishtirokchisini imkon qadar samaraliroq harakat qilishga majbur qiladi, chunki bozorda eng kam xarajat qilgan holda, maksimal natijalarga (foydagi) erishgan ishtirokchi yutadi. Bozor iqtisodiyotining cheklanganligi va ziddiyati : 1. Erkin bozor daromadlarning differensiatsiyasi (ortishi)ga, o‘z navbatida aholining yashash darajasining o‘sishiga olib keladi, biroq ijtimoiy himoyani ta’minlamaydi; 2. Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur miqdordagi pullarni ta’minlay olmaydi; 3. Aholining to‘liq bandligini ta’minlay olmaydi; 4. Jamoa foydalanadigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun rag‘batlarni yaratmaydi; 5. Fundamental ilmiy tadqiqotlar uchun motivatsiyalamaydi (rag‘batlantirmaydi); 6. Inson yashash muhitini ifloslanishdan himoyalamaydi.

Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari : Bozor –pul yordamida ishlab chiqarish va tovar almashinuvi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar umumiyligidir. Bozor iqtisodiy tushuncha sifatida – xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi, shuningdek savdo vositachilari o’rtasidagi tovar va pullarning harakati borasidagi aniq iqtisodiy munosabatlarning umumiyligi bo‘lib, bozor munosabatlari sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi va mehnat mahsulotlarining almashinuvini ta’minlaydi. Bozor mexanizmi – bu narxlarning shakllanishi va resurslarning taqsimlanishi, sotuvchilar va tovar xaridorlari o‘rtasidagi bozorning uchta asosiy elementlari: taklif, talab va narxning raqobat sharoitida o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri asosidagi mexanizmini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida narxlar tizimi asosiy tashkillashtiruvchi kuch rolini bajaradi. Narx – bu sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (ist’emolchi) uchun mo‘ljaldir. Agar narx o‘sgan taqdirda – bu ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan chorlash, agar narx tushsa – bu qisqartirishga undash bo‘ladi. Narxda tovar qiymatini belgilashga bo‘lgan barcha uchta yondashuvni aks ettiradi: imkon qadar foydalilik, ishlab chiqarish chiqimlari, talab va taklif


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin