Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk tarixiy ma’lumotlarni biz 1404 yili Samarqandga tashrif buyurgan, Kastiliya qiroli Hyenrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklaridan o’qishimiz mumkin



Yüklə 71,38 Kb.
səhifə2/2
tarix20.12.2022
ölçüsü71,38 Kb.
#76636
1   2
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi

Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk tarixiy ma’lumotlarni biz 1404 yili Samarqandga tashrif buyurgan, Kastiliya qiroli Hyenrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklaridan o’qishimiz mumkin. Ispan elchisi bu yodgorlik haqida: – “Dushanba, yigirma to’qqizinchi sentyabr kuni janob (ya’ni, Amir Temur) Samarqand shahriga jo’nadi va shaharga kirish yo’lining ustida joylashgan bir uyga to’xtadi. Bu uyni janob xotini Kan’oning (Bibixonimning onasi) uchun qurdirgandi. Uning onasi shu uyning ichidagi sag’anaga dafn etilgan. Uy juda hashamatli bo’lib ichi ajoyib bezatilgan. Ularda uylarni juda hashamatli bezatish odati bo’lmasa-da, bu uy hashamatli, u hali bitmagan, har kuni ish bormoqda» – deb yozgan edi. Bu yerda gap Saroymulkxonim-Bibixonim madrasasi va unga yondosh qilib Amir Temur tomonidan qaynonasi, ya’ni, Bibixonimning onasi, amir Qozonxonning xotini uchun qurdirgan maqbara haqida borayotgani yirik tarixchilar tomonidan tan olingan.Bibixonim madrasasi Bibixonim jome masjidining kirish peshtogʻi qarshisida joylashgan. Lekin jome masjididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi Gʻiyosiddin Alining "Amir Temur 1399-yil 10-mayda madrasada toʻxtab oʻtganligi" haqidagi maʼlumoti shundan dalolat beradi. Tarixnavis Fasih Havofiy (1375— 1442) taʼkidlashicha, Amir Temur jome masjidi qurilishini kelib koʻrarkan, meʼmoriy majmuada mutanosiblik buzilganligi—Madrasa peshtogʻi va ayvoni jome masjidga nisbatan balandroq va qiyaroq boʻlib qolganligi uchun dargʻazab boʻladi va meʼmorlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazoladi. Arxeologik qazishlar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtogʻi qanchalik mahobatli boʻlmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi koʻzga tashlanib qolgan. Meʼmoriy uslub talabiga koʻra, nomaqbul tushgan Madrasa peshtogʻi buzib tashlashga mahkum boʻldi. Shuning uchun ham keyingi ayerlarda Madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.Bibixonim madrasasi yonida unga "qoʻsh" uslubda Tuman ogo xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399 yildan oldin bunyod etilganligi haqida maʼlumot beradi. Chortokli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bogʻlangan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar—tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona—sardoba esa kichikroq boʻlib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. 1875-yil zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi oʻpirilib, pastda toshtobutlar borligi maʼlum boʻldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941-yilda oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar goʻyo bu rivoyatni tasdiklagandek boʻldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan.Keyingi tadqiqotlar bu muammoga aniklik kiritdi. Bibixonim (Saroymulk xonim) Amir Temur vafotidan keyingi boʻhron yillarida zaharlab oʻldirilgan. Bu binodagi ayol jasadi esa moʻmiyolangan (demak, uzoq joydan keltirilgan) va antropolog aniqlashicha, oʻrta yoshlardagi, sochlari qora va jingalak qandaydir boshqa ayol ekan.Bibixonim o’z sarmoyasidan Samarqandda ulug’vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g’amxo’rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o’ldirgan… Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan maqbara ta’mirlanmoqda, yana o’z asliga qaytmoqda, bu yerga ziyoratga kelayotganlarning soni kundan kunga oshib bormoqda…


Yüklə 71,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin