Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa nashrlarichida(kitob,gazeta,jurnal,to‘plam)ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy, davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, kitob,risola, varaqa,buklet,bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi. Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qo‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi. Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartochkalar shaklida tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish mumkin.
Ular jurnalining 1998- yil 1- sonidan boshlab har bir sonida 200 — 250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lumotlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar.