Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə44/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
bibliografiya

Bibliografik ro‘yxat — oddiy tuzilishga ega bo‘lgan biblio- grafik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lu- mot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan

maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“,

„Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“ jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåkîâåäåíèå“,

„Ìèð áèáëèîãðaôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiy- ommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin