Bibliografiya lat p65


V. I. Mejov tomonidan „Turkiston to‘plami“ning yaratilishi



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə54/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
bibliografiya

V. I. Mejov tomonidan „Turkiston to‘plami“ning yaratilishi


Bu noyob kolleksiyaning yaratilish tarixi O‘rta Osiyoda eng yirik kutubxonaning (hozirgi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)ning tashkil etilishi bilan bog‘liq. 1868- yil oxirida „To‘plam“ning dastlabki 2 jildi tayyorlandi. Bu o‘sha

davrdagi qator olim-bibliograflarning keyingi 50 yillik samarali mehnatining boshlanishi edi. Olimlarga bu ishda kitob ilmining katta bilimdoni, birinchi rus professional bibliografi, ko‘p qo‘llanmalarning muallifi, juda katta tashkilotchilik xususiyatiga ega V. I. Mejov boshchilik qildi. XIX asrning 60- yillari oxirlarigacha Turkiston o‘lkasi Yevropa uchun ilm-fan nuqtayi nazaridan hali o‘rganilmagan katta bir soha edi. Òurkiston Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin iqtisodiy va savdo-sotiq ishlari o‘lkani tez va mukammal tahlil qilishni talab qildi.

XIX asrning 60 — 70- yillarida Rossiya imperiyasi vaqtli matbuotida tez-tez O‘rta Osiyo haqidagi maqolalar bosila boshlandi. Rus va xorijiy gazetalar sahifalarida O‘rta Osiyoga oid siyosiy- iqtisodiy va madaniy masalalar haqida bahs olib borilardi. Òurkiston o‘lkasi haqidagi axborotlar toshqiniga bardosh berish, ba’zan esa qarama-qarshi, bir-biriga zid fikrli axborotlarni to‘g‘ri tushunish qiyin edi. O‘sha davr Peterburg va Moskva gazetalarida yangi o‘lka haqidagi baholar yanada avjga chiqa boshladi. Lekin rus tilida gazetasi bo‘lmagan Òoshkentda tinchlik va osoyishtalik hukmronlik qilar edi. Pochta esa bu „qoloq“ o‘lka hisoblangan „uzoq yurt“ga uch oylik kechikish bilan kelar edi. Òemiryo‘lning yo‘qligi ham markaziy Rossiyani Òurkistondan ajratib turardi. Shunday paytda ayrim fan fidoyilarida bu o‘lka haqidagi materiallarni yig‘ish va ularni joyida tadqiq qilish fikri tug‘ildi. Shuning uchun kutubxonalarga talab nihoyatda oshdi. 1867- yilda o‘lka general- gubernatori K. P. Kaufman yangi tashkil topayotgan kutubxonaga har xil ilmiy kitoblarni hadya etish iltimosi bilan barcha ilmiy- madaniy tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Birinchi bo‘lib bu iltimosni Rossiya Fanlar akademiyasi, Peterburg xalq kutubxonasi va Rus geografiya jamiyati bajarishga kirishdi, ulardan olingan bir necha yuz kitob Òurkiston xalq kutubxonasi fondiga asos soldi. O‘sha davrning o‘zidayoq V. I. Mejovga O‘rta Osiyo haqidagi adabiyotlar bibliografiyasini tuzish taklif etildi. Bundan tashqari, V. I. Mejov O‘rta Osiyo haqidagi bor adabiyotlarni ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, balki

„Òóðkåñòaíñkèé ñáîðíèk ñî÷èíåíèé è ñòaòåé, îòíîñяùèõñя k Ñðåäíåé Àçèè, âîîáùå è Òóðkåñòaíñkîìó kðaþ â îñîáåííîñòè“ deb nomlangan to‘plamni ham tuzishni o‘z zimmasiga oldi.

V. I. Mejov Òurkistonning poytaxtdan uzoqligini hisobga olib, bu o‘lka haqidagi mavjud adabiyotlarning nomlarini sanab

o‘tishning o‘zigina amaliy ahamiyat kasb etmaydi, deb hisoblardi.

„Turkiston to‘plami“ 1- jildining kirish qismida u shunday deb yozgan edi: „Ba’zi bir joy yoki ba’zi narsalar haqidagi maqolalarning maxsus bibliografik ko‘rsatkichlari, shubhasiz, katta foyda keltiradi, lekin ular katta kutubxona yo‘q joylarda bibliografik ko‘rsatkichlarda berilgan adabiyotlarni to‘la bajarmay va iyerografik yoki kabbalistik belgilar bilan kitoblarga aylanib qoladi“. V. I. Mejov 1868- yilda ishlarning nomini emas, balki to‘plamlarga birlashtirilgan kitoblar matnlarini, jurnal va gazeta maqolalarini mujassamlashtirgan o‘ziga xos kutubxona tashkil etishga kirishdi. Uning sa’y-harakati va ilmiy jonkuyarligi tufayli bizga 400 000 bibliografik yozuv kiritilgan 50 dan ortiq meros qoldi. Peterburgda istiqomat qilgan, nashrdan chiqayotgan kitoblar va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan Mejov Òurkiston general-gubernatori tomonidan to‘plam tuzish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanib, O‘rta Osiyo va unga yondosh mamlakatlarga oid hamma materiallarni yig‘ib bordi. Òurkistonga oid gazeta maqolalari va ba’zi kitoblardagi materiallar saralanib, varaqli qog‘oz ramkaga yelim bilan yopishtirildi. Hamma yopishtirilgan materiallar yig‘ilgach, jildlarga ajratilib, muqovalandi. Jildlar bir xil muqovalangan va bosmaxonada bosilgan, titul varag‘i bilan ta’minlangan. V. I. Mejovning yutug‘i shuki, u jurnal, gazeta maqolalarini nashrdan chiqishi bilan yig‘ardi, shuning uchun xronologik izchillik saqlangan.



1968- yil 1- jildga yozilgan so‘zboshida to‘plam tuzuvchisi shunday yozadi: „Doimo adabiyot bilan tanishib yurgan kishi O‘rta Osiyo ichkarisida joylashgan mamlakatlar haqidagi materiallar qanchalik qashshoqligini biladi. Bir yilda nashr etilgan 2 — 3 ta asargina bizni kundan kunga yanada ko‘proq qiziqtirayotgan yangi mamlakatlar haqidagi bilimlarimizga qo‘shilgan hissadir. Men bu yerda kitobni nazarda tutaman, zamonaviy nashrlardagi maqolalarga kelganda birgina ularning ko‘pligi jamiyatimiz O‘rta Osiyoda qo‘lga kiritgan narsalarga qay darajada qiziqishidan dalolat beradi. Shuning uchun men oz bo‘lsa-da, bu asarlarim bilan qo‘lga kiritilgan yangi o‘lkaga nafim tegishini ko‘zlab, kutubxonaga qo‘shaloq qilib ushbu maqolalar to‘plamini hadya etishga jazm etdim“.

1868- yili „To‘plam“ning 1867- yil materiallarini o‘zida mujassamlashtirgan 4 ta jildi tayyorlandi. Keyingi yillarda esa, izchil ravishda, 1887- yilga qadar „To‘plam“ning jildlari

tayyorlanib, Òurkiston xalq kutubxonasiga yuborib turildi. 1888- yilga kelib, 5000 ga qadar materialni o‘z ichiga olgan 416 jildi tayyor bo‘ldi.

Òo‘plamning mukammalligi haqida V. I. Mejov: „Bu o‘ziga xos katta bir qomus, — deydi, — ammo hali u men xohlagan darajada to‘la emas. Ba’zi maqola va kitoblar mening to‘plamimda juda kam, adabiyotning o‘ndan bir qismigina, xolos“. 20 yil (1867 — 1887- yy.) mobaynida Rossiya va xorijda O‘rta Osiyo haqida chiqqan jami 4713 nomdagi gazeta, jurnal maqolalari, kitoblar, badiiy asarlar, hattoki illusrativ materiallar to‘plamning 416 ta jildiga kiritilgan.

Bu to‘plamning yaratilish tarixi haqida bahsli tomonlar ham bor, ya’ni ba’zi mualliflarning fikricha, ushbu ishga birinchi bo‘lib bibliograf S. A. Idarov qo‘l urgan. „Turkiston to‘plami“ni tuzish g‘oyasini, — deb yozadi o‘zbek bibliografiyasi tash- kilotchilaridan biri N. A. Burov, — K. P. Kaufman emas, balki

V. I. Mejov yoki S. A. Idarov ilgari surgan“.

N. A. Burov O‘rta Osiyo haqida yozilgan, O‘zbekiston milliy kutubxonasining nodir kitoblar fondida saqlanayotgan, XX asrning 50 — 60- yillarida nashr qilingan Rus geografiya jamiyatining „Âîåííûé ñáîðíèk“ nashridan olingan 2 ta shunga o‘xshash maqolalar to‘plamini asos qilib olgan bo‘lishi mumkin. Bu to‘plamlar Òurkiston general-gubernatori idorasining birinchi boshqaruvchisi, O‘rta Osiyo o‘lkasi bilimdoni N. K. Gyesning kutubxonasidan topilgan. Bu kutubxona Gyesdan 1869- yili Òoshkent xalq kutubxonasi tashkil etilayotganda sotib olingan edi. Òo‘plamning har ikkisi ham S. A. Idarov tomonidan tuzilgan, hozirga qadar kutubxonaning nodir kitoblar fondida saqlanayotgan 1849 — 67- yillarda nashr etilgan O‘rta Osiyoga oid geografik va etnografik xarakterdagi maqolalar kiritilgan yana 6 jildi saq- lanmoqda.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin