Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun Reja



Yüklə 112 Kb.
səhifə1/4
tarix25.01.2023
ölçüsü112 Kb.
#80800
  1   2   3   4
Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun 3


Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun


Reja:

  1. Biblioterapiya uslublari

  2. Biblioterapiyada ishlatish mumkinligi nuqtai nazaridan adabiy janrlar tahlili.

  3. Psixologik muloqotga qiynalganlar uchun biblioterapiyaning ahamiyati

V.M.Myasishevning yozishi bo‘yicha – “ Biblioterapiya uslubi o‘zida kitobshunoslik, psixologiya, psixoterapiya, psixokorreksiyaning mu-rakkab qo‘shilmasini mujassam etadi.


Biblioterapiya- mijozga maxsus yo‘nalish berish, yo‘naltiruvchi ta’sir etib, maxsus tanlangan adabiyotni o‘qitib, ruhiy holatini normallashti-rish yoki optimizatsiyalashga qaratiladi.
Korreksiya (yo‘naltirilgan) o‘qishning oddiy o‘qishdan farqi uning u yoki bu ruhiy jarayon, holat, shaxs xususiyatlariga yo‘naltirilganligi:
o‘zgargan- ularning normallashuvi;
normal- ularni bosiqlik, vazminlashtirish uchun.
Korreksiya (yo‘naltirilgan) o‘qishning ta’siri shundaki, u yoki bu obrazlar va ular bilan bog‘liq hissiyotlar, qiziqish, xohish-istak, fikrlar kitob orqali qabul qilinib, o‘z obraz va fikrlarining kamchi-ligini to‘ldiradi, xavotirli fikr va hissiyotlarni o‘zgartiradi yoki yangi oqim, yangi maqsad sari yo‘naltiradi. SHunday qilib, mijozning hissiyot ta’sirini kuchaytirish yoki bo‘shashtirishga ta’sir etib, ruxiy muvozanat-ni tiklashga qaratiladi.
Biblioterapiya uslublari Biblioterapiya uslubini bir necha bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. Psixokorrektorning o‘z-o‘zini tayyorlash.

Uning ichiga o‘zining shaxsiy biblioterapevtik retsepturasini tayyorlash, ya’ni adabiyotlar ro‘yxati va kitoblar bilan maxsus korreksion nuqtai nazar bilan tanishuv.Boshlanishda 2-3 ta nom bilan bir necha janr olinadi.
Vaqt o‘tishi bilan janr va kitoblar miqdorini oshirish bilan retsepturani kengaytirish tavsiya etiladi.O‘zi uchun ba’zi boblar, bo‘limlar va umuman kitob uchun ko‘chirmalar bilan qo‘shib, taqriz yozib borish zarur, hamda unda, ayniqsa, ko‘zga tashlangan, yorqin mavzular, fikrlar, bobning o‘y va tashvishlari, muallifning shaxsiy xususiyatlari qisqacha yozib boriladi.
Boshlanishda bu biblioterapevtga tegishli matnlarga etibor qaratishga yordam beradi. Buning uchun alohida kutubxonalarda ko‘proq kitoblar bo‘lishi zarur va mijozning o‘zida bu kitob bo‘lmaganda uni oson topsin. Bundan tashqari mijozga kitob betlarining chetlarida belgilar qo‘yishga ruhsat berilishi kerak, bu mijozga tashhis qo‘yishni osonlashtiradi.

  1. Biblioterapiya va uning janrlarining imkoniyatlarini bilish.

Mijoz bilan navbatdagi suhbatda unga qator savollar beriladi. Masalan “ O‘zingizga yoqqan 5 ta kitob nomini ayting.”, “ Qaysi kitoblar hayotingizda ko‘proq taassurot qoldiradi? Nima uchun?”, “Qaysilari siz-ga ko‘proq ta’sir qiladi?”, “ Qaysi mualliflar sizga ko‘proq o‘xshaydi?”, “Qaysi asar personajlari sizga ko‘proq o‘xshaydi?”.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin