Bilan aloqasi va uning mazmuni


II BOB. PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 32,46 Kb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü32,46 Kb.
#182499
1   2   3   4   5   6   7   8
BOSHLANG`ICH TA`LIM PEDAGOGIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

II BOB. PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko’prok vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni takidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yani uning qanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suhbatlashish Yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita tasir kursatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning: a) ijtimoiy yo’naltirilgan (keng jamoatchilikga qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot), guruhdagi predmetga yo’naltirilgan (o’zaro xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot - mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti), shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini ochish maqsadida urnatgan munosabatlari), pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) turlari farklanadi.
Har bir muloqot to’rining o`z qonun qoidalari, ta’sir usullari va Yo’l yuriklari borki, ularni bilish har bir kishi, ayniqsa odamlar bilan doimiy muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.
Muloqot jarayoning murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar urnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
.Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to’g’risidagi ma‘lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Avvalo har bir o’quvchi, o’qituvchi-murabbiy o’z ona yurti tarixini bilishi, uni sevishi, vatanparvar bo’lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak.
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi.
O’qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilimberish,ma‘lumotliqilish, tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita‘sirko’rsatadi.Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog’langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi.
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni karatganligi bois ta'lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta'lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta'lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o‘zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta'lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta'limi (kasbiy ta'lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta'limning muhim bo‘lagi sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor haratiladi:
1. Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
2. Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish.
4. Ta'lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'limtarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo‘lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (o‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuharolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy harashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi. quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.

Yüklə 32,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin