Bilan fizika darslarining samaradorligini oshirish mavzusida yozgan



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix09.02.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#52272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
M. FO\'M Tayyor pdf

Ishning  maqsadi:  Ma’lumki  DTS  da  ko’rsatib  o’tilganidek  umumiy  o’rta 

ta’lim  maktablarida  fizika  kursini  o’qitilishidan  asosiy  maqsad  uning  fan  texnika 

taraqqiyotida,  ishlab  chiqarish  sohalarida  va  kundalik  hayotda  tutgan  o’rni  bilan 

belgilanadi.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  fizika  kursining  umumiy 

maqsadlari; ya’ni o’quvchilarni milliy dunyoqarashini; mantiqiy tafakkur qila olish 

qobilyatini;  aqliy  rivojlanish  o’z  –o’zini  anglash  salohiyatini  shakillantirish  va 

umuminsoniy dunyoqarashlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim 

olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan 

qurollantirishdan iborat. Shunga asoslanib umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika 

kursini o’qitishda quyidagi vazifalarni qo’yadi. 

-  O’quvchilarni  fizik  qarashlar,  tushunchalar  kattaliklar,  modellar,  qonunlar, 

o’lchamlar,  fizikaning  amaldagi  tadbiqlari,  olamning  fizik  manzarasiga  oid 

bilimlar bilan tanishtirish. 

-  Fizik  hodisalarga  oid  masalalarni  mustaqil  ishlash,  fizik  hodisalarni  kuzatish  va 

ularni tushuntira bilish ko’nikmalarini shakllantirish.  

- Fizikaga oid asboblar uskunalardan foydalanish, sodda o’lchov va tajriba ishlarini 

bajarish hamda ularni tashkil qilishni shakllantirish. 

-  O’quvchilarni  fan  texnika  taraqqiyoti,  fizika  qonuniyatlarining  amalda 

qo’llanilishi bilan tanishtirish. 

- O’quvchilarni buyuk mutafakkir va hozirgi zamon fizik olimlarini fizika sohasida 

qilgan ilmiy ishlari bilan tanishtirish. 

-  Fizika  kursini  ijtimoiy  hayot  va  texnika  taraqqiyoti  bilan  bog’lab, o’quvchilarni 

ongli  ravishda  kasbga  yo’naltirish  va  turli  ta’lim  muassasalarida  o’qishni  davom 

ettirish uchun zamin tayyorlash 




 

 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin