Bilan fizika darslarining samaradorligini oshirish mavzusida yozgan


  Fizika fani mavzularini o’qitishda  interfaol usullarning



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix09.02.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#52272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
M. FO\'M Tayyor pdf

1.2 

Fizika fani mavzularini o’qitishda  interfaol usullarning 

qo’llanilishi 

Fizika fani mavzularini o’qitishda interfaol metodlarning qo’llanilishi yoshlarning 

bilim olishida kata ahamiyatga ega. Shu sababli hozir bir necha interfaol metodlar 

bilan tanishib chiqamiz: 

1. 

“Klaster” metodi. “Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan 



o’quvchilar  bilan  yakka  tartibda  yoki  guruhlar  asosidan  tashkil  etiladigan 

mashg’ulot  jarayonida  foydalanish  mumkin.  Metod  guruh  asosida  tashkil 

etiladiyotgan mashg’ulotlar va o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning 

majmui tarzda namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish 

va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. 

2. 


“Davra  suhbati”  metodi  qo’llanilganda  stol  stullarni  doira  shaklida 

joylashtirish  kerak.  Bu  har  bir  ta’lim  oluvchining  bir-biri  bilan  ‘ko’z  aloqasi”ni 

o’rnatib  turishga  yordam  beradi.  Davra  suhbatining  og’zaki  va  yozma  shakllari 

mavjuddir.  Ushbu  metod  orqali  ta’lim  oluvchilar  berilgan  mavzu  bo’yicha 

o’zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda etadilar. 

3. 


“6x6” yoki “6x5” usuli. 1-bosqich. O’qituvchi dars boshlanishidan oldin 5 ta 

stol  atrofiga  6  tadan  stul  qo’yib  chiqadi.  2-bosqich.  O’quvchilar  o’qituvchi 

tomonidan  5  ta  guruhga  bo’linadilar.  3-bosqich  o’quvchilar  o’z  o’rinlariga  

joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi masalalar yechish mavzusini e’lon qiladi. 

Keying  bosqichda  guruh  sardorlari  yana  soat  trelkasi  bo’yicha  qo’shni  guruhga 

o’tadilar. 

4. 

“Yulduzli osmon” metodi. Bu metod qo’llanilganda har bir jamoa “Yulduzli 



osmon”ni to’ldirishga harakat qilib, muommoni  tez va to’g’ri yechimini topishni 

o’rganadilar, o’quvchilarning estetik dunyoqarashi ortadi. 

5. 

“Sirli  baho”  metodi.  Masalalarni  yechishda  bu  metodni  qo’llash  orqali 



o’quvchilarning darsga qiziqishini yanada oshirish mumkin. Bu metod yordamida 

hatto “3” baho olgan o’quvchi ham bu bahodan norozi bo’lmaydi,aksincha, nima 

uchun past baho olganini tushunadi va o’z ustida ishlashni boshlaydi. 



13 

 

Bunday  metodlar  juda  ko’p.    Masalan,  tajriba,  fizikadan  ma’ruza  darslarini 



o’tganda  “aqliy  hujum”,  “muommoli  vaziyat”,  “zinama-zina”  kabi  metodlar, 

masala yechish darslarida esa “6x5”, “davra suhbati”, “kichik guruhlarda ishlash” 

kabi metodlarni qo’llash yaxshi natija beradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin