Bilet #29 1.O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 3.Turistik resurslarning turlari 3.Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilari Ekoturizm-tabiiy turizm bo`lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o`z ichiga oladi. Uning menejmenti shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo`lib, "tabiiy muhit", madaniy tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o`z ichiga oladi. Ekoturizm turizmning boshqa turi kabi ekologik barqaror bo`lishi, sayyohlarga zavq-shavq baxsh etishi va mahalliy aholiga daromad keltirishi lozim. Bundan tashqari, tabiiy va madaniy muhitga "mos tushishi" kerak. "Mos tushishi" degan so`zning ma`nosi shuki bu faoliyatning uslubi, hajmi va xili landshaftning ko`lami va xarakteriga, mahalliy aholining urf-odatlariga to`g’ri kelishi zarur
Turistik resurslar - turizm jarayonida va maqsadlarida inson ehtiyojlarini qondira oladigan tabiiy-iqlim, ijtimoiy-madaniy, tarixiy, me'moriy va arxeologik, ilmiy-ishlab chiqarish, tomosha va boshqa ob'ektlar yoki hodisalar. Turistik resurslar - tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-madaniy ob'ektlar, shu jumladan turistik ko'rgazma ob'ektlari, shuningdek, turistlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondira oladigan, jismoniy kuchini tiklash va rivojlantirishga yordam beradigan boshqa ob'ektlar.
Mintaqaviy turizm- ma’lum hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir.
Bilet #27 1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati 2.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 3.Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari O`zbekiston sharoitida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda, jumladan, aholi bandligini ta`minlashda turizm bozori katta ahamiyatga ega. Turizm mehnat ko`p talab qiladigan tarmoqlar safiga kiradi. Misol uchun, xorij tajribasidan ko`rinib turibdiki, mehnatga layoqatli aholining 10 foizi atrofida bo`lgan qismi turizm tarmog’ida band. Ularning deyarli yarmi mexmonxonalarda mehnat faoliyatini olib boradilar. O`rtacha xalqaro turizm sohasida 7 ta turistga 1 ta turistik hodim xizmat ko`rsatadi. Shu sababli turizm boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga nisbatan mehnat sig’imi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan investitsion faollik yangi ish joylarini tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib borilayotgan bir davrda turizmni rivojlantirishga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berila boshlandi. Ekologik turizmni rivojlantirish uchun respublikamizda juda katta imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo`lgan ovchilik - baliqchilik er maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi ko`llar, daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o`txo`r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga ega. Ulardan O`zbekiston Respublikasi qizil kitobiga o`txo`r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar Turistik tibbiy resurslar - bu alohida muhofaza etiladigan tabiiy ob'ektlar va hududlar bilan bog'liq bo'lgan, foydalanish va muhofaza qilishda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan aholini davolash va dam olish uchun mo'ljallangan rekreatsion resurslar.