Bilig ilmiy faoliyat



Yüklə 46,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü46,09 Kb.
#190526
1   2   3   4
856-Article Text-1692-1-10-20230513

Shaxlo Xudoyqulova
SamDU, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
 
 
TALABALARDA ILMIY-METODIK TAYYORGARLIKNING TARKIBIY QISMLARI 
VA ULARNING KVALIMETRIK 
 DIAGNOSTIKA QILISH YO‘LLARI 


FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
440 
“BILIG –
 
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
Hozirgi zamon taraqqiyoti sharoitida o‘quvchilarni tayyorlash, pedagogik tizimni 
baholash, o‘qitish sifatini baholash, ular egallagan bilimlar tarkibini diagnostika qilish 
mummosi nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatimiz pedagogikasida 70-yillarning boshlaridan e’tiboran o‘qitish jarayoni 
bilan bog‘liq adabiyotlarda “ta’lim texnologiyalari” jumlasi tez-tez ishlatilib kelinmoqda. 
O‘quv jarayoni sifatini oshirishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish bir vaqtning o‘zida fan 
va texnikaning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish natijasi va uni takomillashtirish 
sharoiti sifatida namoyon bo‘lmoqda 
M.I.Zareskiy, B.P.Yesipov, M.A.Danilov, IL.Lerner, M.N.Skatkin va boshqa olimlar 
bilim tarkibi va uni baholash sifati muammosi bilan shug‘ullanadigan yangi pedagogik 
kognitologiya ilmiy yo‘nalishiga asos solishgan. Ular tomonidan pedagogik atamalar 
sifatida bilim sifati mezonlari, bilimlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi, aniqligi, hajmi, tizimliligi, 
ongliligi, chuqurligi, amaliyligi, umumiyligi, konkretligi, mustahkamligi va boshqa 
sifatlari keng iste’molga kiritilgan. 
Amaliy maqsadlarda ta’lim sifati tushunchasi ta’lim oluvchini o‘rab turgan o‘quv 
jarayoni muhitining «sifat o‘zgarishlari», ma’lum bir kurs, bo‘lim yakuni asosida to‘plagan 
bilim, egallagan ko‘nikma va malakalari, qadriyatlari sifatining yaxshilanganligi 
tushuniladi. 
Ta’lim sifati tushunchasining toraygan natijasi sifatida tayyorgarlik sifati tushunchasi 
paydo bo‘ladi. Tayyorgarlik sifati tushunchasini o‘zlashtirilayotgan o‘quv predmeti 
yuzasidan amalga oshirilayotgan o‘quv jarayonida ta’lim dasturlarini amalga oshirish 
darajasida ta’limni rejalashtirish, uning natijalarini baholash sifatida muhokama qilish 
mumkin bo‘ladi. Tayyorgarlik sifati tushunchasi hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda o‘quv 
yutuqlari atamasi bilan parallel tarzda qo‘llanilib kelmoqda. 
M.B.Chelishkova o‘quvchilarning ta’limda erishgan yutuqlarini baholashda, odatda, 
ularning tayyorgarlik sifati va darajalari e’tiborga olinishini e’tirof etadi [1]. Uning 
ta’kidlashicha, tayyorgarlik darajasi o‘quvchining muayyan o‘quv fanidan o‘zlashtirgan 
bilim, ko‘nikma, malaka va tasavurlari jamlanmasi bilan belgilanadi. Bunda, deb davom 
etadi M.B.Chelishkova, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada 
qandaydir darajalarga bo‘lib o‘tirishga hojat yo‘qligi, chunki o‘qituvchi a’lochi 
o‘quvchilarning bilim darajasi hajmi, sifati bir-biridan ajralib turishini yaxshi bilishiga 
ishora qiladi. Shuning uchun ham tayyorgarlik sifatini M.B.Chelishkova bir xil 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan a’lochi o‘quvchilarda mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini 
differensiasiyalashga yordam beradigan tasnif sifatida qaraydi. Bilimlar tasnifiga ularning 
mustahkamligi, onglililigi hamda umumlashganligini kiritadi. «Aynan ular o‘quvchi 
shaxsining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bunday o‘quvchilar bilan oliy o‘quv 
yurtlari talabalari safini yuqori sifatli bilimga ega abituriyentlar hisobiga kengaytirishga 
xizmat qiladi» [1. 11-b.]. 


FTAI

Yüklə 46,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin