Qovushqoq parchalanish Parchalanishning ushbu turida elastik va plastik deformatsiyalar tugaganidan so‘ng eng nozik joyda darzlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan jism o‘lchami va shaklining qaytmas o‘zgarishlari boshlanadi.Qovushqoq parchalanish jarayonining sodir bo‘lish tezligi ko‘pincha katta emas. Jarayonni qo‘yilayotgan kuchni kamaytirib sekinlatish(to‘xtatish) mumkin. Nisbiy cho‘zilishning kattaligi qandaydir kritik qiymatga etganida sterjenning parchalanishi (uzilishi) sodir bo‘ladi.
Mo‘rt parchalanish Ushbu parchalanish elastik deformatsiya tugashi bilan deyarli darhol boshlanadi(to‘g‘ri chiziqli qism) va jarayonning yuqori tezligi bilan xarakterlanadi.Paydo bo‘lgan darz tezda kritik o‘lchamga etadi. SHundan so‘ng u turli tomonlarga tarqalib, jarayon parchalanish bilan tugaydi.
Parchalanish jarayoni xarakterini aniqlovchi faktorlarga quyidagilar kiradi:
- materialning xossalari va moddaning holati(modda strukturasi, harorat, namlik va h.k.z.);
-ob’ektning xususiyatlari (konstruksion xossalar, shakllar, o‘lchamlar, yuzaning sifati);
-kuch ta’sirining dinamikasi (kuch qo‘yish tezligi);
- mexanik ta’sirning yo‘nalishi.
Naysimon suyaklarning shikastlanishlari Mo‘rt parchalanish uzun naysimon suyaklargi xosdir.Bunda suyaklarning parchalanishini bo‘ylama yoki ko‘ndalang yo‘nalishda kuch ta’sir qilgvnmdv sterjenning parchalanishiga o‘xshatish mumkin.
Bo‘ylama kuchlar (siqilish) inson cho‘zilgan qo‘lga, bukilgan qo‘lga, tizzaga yiqilganida yuzaga kelishi mumkin(1.9 rasm)..
1.9 rasm. Son suyagi pastki epifizining uzilish yoki siljish deformatsiyalari ta’sirida shikastlanishi( bukilgan tizzaga yiqilganda).
Sport amaliyotida ko‘pincha suyaklar tashqi kuch ta’sirida egilganida jarohat oladi. Katta naysimon suyaklarga o‘tmas jism bilan urilganida ularda ko‘p sinishlar sodir bo‘lishi mumkin(1.10 rasm).