3.3-§. YURAKNING ISHI VA QUVVATI. SUN’IY QON AYLANISH APPARATI (SQAA)
Yurak bajaradigan ish bosim kuchlarini engish va qonga kinetik energiya berish uchun sarflanadi.
Chap qorinchaning bir marta qisqarishida bajariladigan ishni hisoblaylik. Qonning zarb hajmi V3 ni silindri ko‘rinishida ifodalaymiz (3.9.-rasm). Yurak bu hajmni ko‘ndalang kesimi yuzi S bo‘lgan aorta bo‘ylab o‘rtacha p bosim ostida l masofaga siqib chiqaradi deb hisoblash mumkin. Bunda bajarilgan ish
Bu hajmdagi qonga kinetik energiya berish uchun
ish bajarilgan, bu erda ρ – qonning zichligi; υ - qonning aortadagi tezligi. Shunday qilib, chap qorinchaning bir marta qisqarishida bajarilgan ish
O‘ng qorinchaning bajargan ishi “chap qorincha” bajargan ishning 0,2 qismiga teng deb q
3.9-rasm Qonning zarb hajmini
silindri ko‘rinishi
abul qilinishi tufayli, yurakning bir marta qisqarishida bajargan to‘la ishi
(3.17)
(3.17) formula organizmning ham tinchlikdagi, ham aktiv holatlari uchun o‘z kuchini saqlaydi.Bu holatlar qon harajati tezligining turlicha qiymatlari bilangina farq qiladi.
(3.17) formulaga p=13 kPa, V3 =60 ml= 6∙10–5m3, ρ=1,05∙103 kg/m3, υ=0,5 m/s kattaliklarni qo‘yib, tinch holatda yurakning bir marta qisqarishida bajargan ishni topamiz: A≈1 J
Y
3.10-rasm Sun’iy qon aylanish
apparati
urak 1 s. da o‘rtacha bir marta qisqaradi, deb hisoblab, bir sutka davomida yurakning bajargan ishini topamiz: Ayu=86400 J. Muskullarning aktiv faoliyatida yurakning ishi bir necha marta ortishi mumkin.
Agar sistola davomiyligi t≈0,3s. ekani hisobga olinsa, yurakning bir marta qisqarishidagi quvvati =A1/t=3,3 W
Yurakda operatsiya qilish davomida uni vaqtincha qon aylanish sistemasidan ajratishga to‘g‘ri keladi, bunda maxsus sun’iy qon aylanish apparatidan foydalaniladi (3.10-rasm). Mazmunan, bu apparat sun’iy yurak (nasos sistemasi) bilan sun’iy o‘pka (oksigenerator — qonni kislorod bilan boyitilishini ta’minlovchi sistema) birikmasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |