Bilim sohasi


rasm Botiq va qavariq menisklar 2.15 rasm



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə27/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

2.14 rasm Botiq va qavariq menisklar


2.15 rasm. Gaz emboliyasini hosil bo’lishi

Suyuqlikli kapillyar nayda havo pufakchalarining holatini ko‘rib chiqaylik. Agar havo pufakchasining turli tomonida suyuqlik bir xilda ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, havo pufakchasi ikkala tomoni ham bir xil egrilik radiusiga ega bo‘ladi (2.15-a rasm). Agar pufakchaga tomonlardan biri ortiqroq bosim bilan ta’sir etsa, masalan, suyuqlik harakatida menisklar deformatsiyalanadi va ularning egrilik radiuslari o‘zgaradi (2.15-b rasm), havo pufakchasining turli tomonidagi qo‘shimcha ΔP bosim esa bir-biridan farq qiladi. Bu hol havo pufakchalari tomonidan suyuqlikka shunday kuch ta’sir etishi natijasida suyuqlikni kapillyar naydagi harakat tezligi kamayadi yoki butunlay to‘xtab qoladi.
Bunday hodisalar odamning qon aylanish sistemasida ham yuz berishi mumkin (2.15-c rasm).
Qonga kirib qolgan havo pufakchalari kichik qon tomirlarini to‘sib qolishi va birorta organning qon bilan ta’minlanishidan mahrum etishi mumkin. Gazemboliyasi deb ataladigan bu hodisa natijada jiddiy funksional shikastlanishga, hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Gaz emboliyasi yirik venalar jarohatlanganda hosil bo‘lishi mumkin; bunda qon oqimiga kirib qolgan havo pufakchasi qonning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Venatomirlari ichiga turli xil dorivorlar quyishda havo pufakchalari kirib qolmasligi lozim.
G‘avvoslar juda katta chuqurlikdagi suv ostidan tezlik bilan suv sathiga chiqarilganda ularning qonidan gaz ajralib chiqib, pufakchalar paydo bo‘lishi, uchuvchilarda va kosmonavtlarda juda yuqori balandliklarda kabinalari va skafandralarining germetikligi ishdan chiqishida gaz emboliyasi yuz berishi mumkin. Bu hol qon tarkibidagi suyultirigan gazlarning, atrofdagi atmosfera bosimining keskin kamayishi tufayli erkin holga, ya’ni gaz holatiga o‘tishidir. Qon tarkibidagi gazlar bosimining asosiy qismini azot tashkil etganligi tufayli bosimning keskin kamayishida gaz pufakchalarining qonda paydo bo‘lishida ham azot yetakchi rolni o‘ynaydi, chunki u organizm va uni o‘rab olgan havo bilan gaz almashinuvi jarayonida ishtirok etmaydi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin