Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə43/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

4.10 rasm. Karno sikli
4.6) ifoda har qanday qaytmas („<“ belgi) yoki qaytuvchan („=“ belgi) sikl uchun o'rinlidir. dQ/Telementar keltirilgan issiqlik integral belgisidagi aylana integrallashni berk kontur yoki sikl bo'yicha olinayotganini ko'rsatadi.
Jarayon yoki ko‘chishga bogliq bo'lmagan fizik xarakteristikalar, odatda sistemaning vaziyatiga yoki boshlang‘ich va oxirgi holatiga mos keluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalanadi. Masalan, og‘irlik kuchi ishining trayektoriyaga bog‘liq emasligi bu ishni trayektoriyaning boshlang'ich va oxirgi nuqtalaridagi potensial energiyalari ayirmasi orqali ifodalashga imkon beradi: elektrostatik maydon kuchlarining ishini ko‘chirilayotgan zaryadning ko'chish yo'nalishiga bog'liq emasligi bu ishni zaryad ko'chirilayotgan boshlang‘ich va oxirgi nuqtalardagi maydon potensiallarining ayirmasi orqali bog‘lashga imkon beradi.
Qaytuvchan jarayon uchun keltirilgan issiqlik miqdorining yig‘indisini sistema holatining entropiyasi deb ataluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalash mumkin:

  (4.7)
bu yerda S2 va S1, — sistemaning oxirgi 2 va boshlang‘ich 1 holatlariga mos keluvchi entropiya. Shunday qilib, entropiya sistemaning holat funksiyasi bo‘lib, ikki holat uchun entropiya qiymatlarining ayirmasi sistemaning bir holatdan boshqa holatga qaytuvchan o‘tishlaridagi keltirilgan issiqlik miqdorlarining yig‘indiga teng.
Agar jarayon qaytmas bo'lsa, u holda (4.6) tenglama bajarilmaydi. Aytaylik, qaytuvchan 2-b-l va qaytmas l-a-2 jarayonlardan iborat bo‘lgan sikl berilgan bo'lsin (4.10- rasm). Siklning bir qismi qaytmas bo‘lgani sababli butun sikl qaytmasdir, shu sababli (4.13)ga asosan quyidagini yozamiz

  (4.8)
Shunday qilib, qaytmas jarayonda keltirilgan issiqlik miqdorining yig'indisi entropiyaning o‘zgarishidan kichik ekan. (4.6) va (4.8) ning o‘ng tomonlarini birlashtirib, quyidagini olamiz:


  (4.9)
bu yerda „=“ belgi qaytuvchan jarayoniga, „>“ belgi esa qaytmas jarayonga taalluqli.
(4.9) munosabat (4.2) ga asosan olingani sababli termodinamikaning ikkinchi asosini ifodalaydi.
Entropiyaning fizik mohiyatini aniqlaylik.
(4.6) formula faqat entropiyalar ayirmasini beradi, entropiyaning o‘zi esa ixtiyoriy o‘zgarmas son aniqligida topiladi.

  (4.10)
Agar sistema bir holatdan boshqa holatga o‘tgan bo'lsa va bu o‘tish jarayonining tabiatidan qat’i nazar (ya’ni u qaytuvchanmi yoki qaytmasmi) bu o‘tish holatlari orasida yuz beruvchi har qanday qaytuvchan jarayonlar uchun entropiyaning o‘zgarishi (4.6) formula yordamida hisoblanadi. Bu esa entropiya sistema holatining funksiyasi ekanligi bilan bog‘liqdir.
Ikki holat entropiyasining ayirmasi qaytuvchan izotermik jarayonda osongina hisoblanadi:
bu yerda Q — o‘zgarmas haroratda sistemaning 1 holatdan 2 holatga o‘tishi jarayonida sistema tomonidan olinagan to‘liq issiqlik miqdori. Oxirgi tenglama erish, bug’ hosil bo‘lishi va hokazo jarayonlarda entropiyaning o‘zgarishini hisoblashda qo‘llaniladi. Bunday hollarda Q fazoviy о‘zgarishlar issiqligibo'ladi.
Agar jarayon izolatsiyalangan sistemada yuz berayotgan bo‘lsa (dQ - 0), u holda [q. (4.9)] qaytuvchan jarayonda entropiya o'zgarmaydi: S2S1 = 0, S=cosnt, qaytmas jarayonda esa entropiya o‘zgaradi. Bu holni haroratlari mos holda T1,va T2 (T1>T2) bo‘lgan va izolatsiyalangan sistemani tashkil etuvchi ikki jism orasida issiqlik almashinuvi misolida ko‘rsatish mumkin. Agar uncha ko‘p bo’lmagan issiqlik miqdori dQ birinchi jismdan ikkinchi jismga o‘tsa, bu holda birinchi jismning entropiyasi dS1= dQ / T1miqdorda kamayadi, ikkinchi jismniki esa dS2 = dQ /T2miqdorda ortadi. Lekin issiqlik miqdori uncha katta bo‘lmaganligi sababli birinchi jismning ham, ikkinchi jismning ham harorati o‘zgarmaydi deb hisoblash mumkin. Sistema entropiyasining to‘la o‘zgarishi esa musbat:
binobarin, izolatsiyalangan sistemaning entropiyasi ortadi. Agar bu sistemada harorati past bo‘lgan jismdan harorati yuqori bo‘lgan jismga o‘z-o‘zidan issiqlik o‘tsa, bunda sistema entropiyasi kamaygan bo‘lar edi:

bu esa (4.9)ga ziddir. Shunday qilib, izolatsiyalangan sistemada entropiyaning kamayishiga olib keladigan jarayonlar o‘tishi mumkin emas. (termodinamikaning ikkinchi asosi).


Izolatsiyalangan sistemada entropiyaning ortib borishi cheksiz yuz bermaydi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan misolda vaqt o‘tishi bilan jismlaming harorati tenglashadi, ular orasida issiqlik almashinishi to‘xtaydi va muvozanatli holat yuzaga keladi.(q. 4.l-§). Bu holatda sistema parametrlari o'zgarishsiz qoladi, entropiya esa o‘zining maksimum qiymatiga erishadi.
Molekular-kinetik nazariyaga asosan entropiyani sistemaning tartibsiz zarrachalarining o’lchovi deb ta’riflash birmuncha qulaydir. Masalan, gaz hajmining kamayishida uning molekulalarining bir-biriga nisbatan joylashishi borgan sari aniq bir yo’nalishni egallab boradi, ya’ni bu sistemada tartibli joylashishning ortib borishiga mos keladi, bu holda entropiya kamayadi. Qachonki o’zgarmas haroratda gaz kondensatsiyalansa yoki suyuqlik kristall holatga o‘tsa, moddadan issiqlik miqdori ajralib chiqadi va molekulalarning tartibli joylashishi bu holda ham ortadi, entropiya esa kamayib boradi.
Sistemadagi tartibsizlik miqdor jihatidan termodinamik ehtimollik Wterorqali xarakterlanadi. Uning mazmunini aniqlash uchun gazning to‘rtta zarrachasi a, b, c, ddan iborat bo‘lgan sistemani ko’rib chiqamiz (4.11- rasm). Bu zarrachalar fikran ikkita teng bo’lakka bo’lingan katakchalardan iborat hajmda mavjud bo’lib, unda erkin ko’cha oladi.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin