Bilim sohasi:
700000
–
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
Ta‟lim sohasi:
710100
– Muhandislik ishi
Ta‟lim yo„nalishi: 60710200 – Biotexnologiya (tarmoqlar bo„yicha)
60710600 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‟nalishlar
bo‟yicha)
60711300 –
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati
menejmenti (tarmoqlar bo‟yicha)
60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar
bo‟yicha)
60712100 – Metallurgiya
60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik
ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish
60721500 – Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‟yicha)
Navoiy-2022
3
Fan/modul kodi
OM1313
Oʻquv yili
2022-2023
Semestr(lar)
1,2,3
ECTS - Kreditlar
5, 5, 3
Fan/modul turi
Majburiy
Ta‟lim tili
Oʻzbek/rus
Haftadagi dars soatlari
60
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashgʻulotlari (soat)
Mustaqil ta‟lim
(soat)
Jami yuklama
(soat)
Oliy matematika
60
330
390
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiy va texnikaviy koʻrsatgichlar, ular ustida olib borilayotgan kuzatuv natijalarini bir
tizimda shakllantirish, ularga ta‟sir etuvchi omillarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlashda zamonaviy
matematik usullar va modellardan foydalanishning oʻrni beqiyosdir.
Shuning uchun ham,
zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida mamlakatimizning OOʻYudagi oʻquv jarayonini tashkil
etishda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan oliy matematika faniga-alohida e‟tibor berilmoqda. Ushbu
dastur davlatimizning texnik OOʻYudagi yuqorida koʻrsatilgan ta‟lim yoʻnalishlari boʻyicha
ta‟lim olayotgan bakalavrlar uchun moʻljallangan boʻlib, u tabiiy
jarayonlarga matematikani
tadbiq qiluvchi ilmiy izlanuvchilar uchun ham foydalidir. Fanni oʻqitishdan maqsad:
- talabalarning intelektini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik
fikrlash qobiliyatini
shakllantirish;
- talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini
zamonaviy amaliy
masalalarini yechishga tadbiq qilishga oʻrgatish.
Ushbu dasturdan foydalanib, fanning asosiy boʻlimlarini oʻz
ichiga jamlaganligini
e‟tiborga olib, ta‟lim yoʻnalishlari uchun ajratilgan soat hajmidan kelib chiqib, tegishli ta‟lim
yoʻnalishlariga moslashtirish mumkin.