7. Belgiga ega emaslikni bildiruvchi qo`shimcha qaysi gap tarkibida mavjud? A) Ishchan, zamonaviy fikrlaydigan odamsiz.
B) Sensiz yashay olishim dargumon.
C) O`rmonda odamsimon maymunlarning galasi tezlik bilan ko`paymoqda.
D) Mehmon degan unaqa sergap bo`lmaydi, - dedi u ayyorlarcha kulib.
8. Ikki bo`g`inli so`zlarga qo`shilganda ikkinchi bo`g`inda tovush tushishiga sabab bo`ladigan qo`shimcha qaysi javobda berilgan? A) –i B) –ay C) –illa D) –a
9. G`afur G`ulomning qaysi asari 1936-yilda yozilib,60-yilda hozirgi mukammmal holiga keltirilgan ? A) “Afandi o`ladigan bo`ldi” B) “Netay” C) “Shum bola” D) “Yodgor”
10.Musa Jalilning “Moabit daftari” ga kirgan,o`limidan 2 oygina oldin yozilgan she’ri qaysi qatorda berilgan? A) “Kechir yurtim” B) “Ishonma” C) “O`rtoqqa” D) “O`kopdan xatlar”
11. “ Shum bola “ qissasida Shum bolaning yolg`oni qaysi gapdan boshlangan? A) dandon sopli pichoqning sinishidan B)omborxonaga o’t tushishidan
C) To’riq qashqaning harom o`lishidan D) Tozi itning terisi shilinishidan
12. Turob To`laning zamondosh o`zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag`ishlangan asarlarini toping A) “Nafosat” , “Kamalak” B) “Sumbula” , “Ko`chalar”
C) “Oromijon” , “Gulyor” D) “Shodligim” , “Tabassum”
13. “ Shisha qabzali kulrang eshigida qo`ng` iroq tugmasi bor...” joy qayer? A) Abdug`aniboyning hovlisi B) Shahardagi doktorxona
C) Sotiboldining uyi D) Abdug`aniboyning ombori
14. O. Yoqubovning dastlabki yirik asarini aniqlang. A) “Dastlabki qadam” B) “Diyonat” C) Tengdoshlar” D) “Ko`hna dunyo”
15. A. Navoiy asarlarida qanday insonni axiy do`st deb bilish darkor? A) bitta kulchani ikki bo`lib, yarmini och odamga berganni
B) hammasini muhtoj odamga berganni
C) halol molni kuydirganni D) xalqqa ko`rsatib ehson berganni
16. “ Toshbaqa bilan Chayon” masalida Toshbaqa Chayonni qayerda uchratadi? A) lroqdin Hijozga borayotganida
B) Hijozdan Iroqqa borayotganida
C) Iroqdin Ashfaraga borayotganida
D) Farg`onadan Qo`qonga borayotganida