“O’zbеk modеli”ning asosiy tamoyillari quyidagi konstitutsiyaviy talablarga tayanadi:
05.12.23
-mustaqillik g’oyalariga va inson huquqlariga sodiqlik;
-hozirgi va kеlajak avlodlar oldidagi mas'ullik;
-o’zbеk davlati taraqqiyotidagi tarixiy tajribalarga tayanish;
-dеmokratiya va ijtimoiy adolat g’oyalariga sadoqat;
-xalqaro huquq normalariga rioya qilish.
05.12.23
1992-yil avgust oyida Mustaqillikning 1 yillik tantanalari arafasida Prezident Islom Karimovning « O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li»asari e`lon qilindiki, bu asarda O`zbekistonda demokratik davlat barpo etishning yo`l yo`riqlari va o’zbek modelining asosiy hususiyatlari ko`rsatib berildi. Jumladan :
Siyosiy sohada
- xalq ham bevosita, ham bilvosita ya`ni o`z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to`liq ishtirok etishi lozimligi;
- hokimiyat bo`linishining jahon tan olganqonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
- jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzil-malarini tubdan yangilash;
- barcha fuqarolarning qonun oldida huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini ta`minlash;
- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xillig-ni tan olish;
- demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko`ppartiyaviylikni shakllantirish;
05.12.23
Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko`payishini ta`minlaydigan baqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo`li bilan himoya qilinishini ta`minlash, huquqiy tengligini qaror toptirishni;
- iqtisodiyotni o`ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo`jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni.
05.12.23
- insonparvarlik g’oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini saqlab qolishini;
- ma`naviyatni qayta tiklashni;
- o`zbek tilini rivojlantirishni;
- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
- ijtimoiy adolat qoidalarini ro`yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, etim-esirlar, ko`p bolali oilalar, o`quvchi yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo`lgan kafolatlari huquqlarini ta`minlashni;
Mazkur asar O`zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi.
Ijtimoiy-ma’naviy sohada:
MUSTAQILLIK SARI DADIL QADAM
O‘ZBEKISTONDA YaNGI DAVLAT RAMZLARINI TAYYoRLASh VA QABUL QILISh
I O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991 yil 15 fevralda «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
II Qarorda shunday deyiladi: «Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi(Asosiy Qonuni)ning yangi davlat loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish kursin.
2. Bu boradagi takliflar matbuotda e’lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin.
III Davlat ramzlari.
Milliy timsollar va ramzlarning har biri g‘ururimizni yuksaltirishga xizmat kiladi. Ularning har biri - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir.