1994- yil 16- iyundagi „O'zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to'g'risida" gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yil 1- iyuldan boshlab milliy valuta — so'm muomalaga kiritildi. 1 so'm kursi 1000 so'm-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valuta — so'm O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100so'm bo'lgan bank qog'oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo'lidagi so'm-kuponlar jamg'arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000, 5000, 10000, 50000, 100000 so'mlik qog'oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.