I-BOB. QURILISH KONSTRUKTSITSLARI, ZAMINLARNI HISOBLASH
VA LOYIHALASH
1.1. BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI
Fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlari ko'rinishlari, fazoviy
ko'rsatkichlari, vazifalari va ularga qo'yilgan talablar bo'yicha ma'lum ta'rif va
tushunchalarga ega. Quyida shu masalani sodda va tushunarli ko'rinishda ifodalash
uchun tegishli ta'riflar va tushunchalar keltirilgan.
BINO - kishilarning biror ish faoliyatiga mo'ljallangan va moslashtirilgan,
ichki fazoga-bo'shliqqa ega bo'lgan yer usti inshooti.
INSHOOT - jamiyatning moddiy hamda ma'naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar.
MUHANDISLIK INSHOOTLARI - amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan,
binolarga aloqasi bo'lmagan inshootlar: to'g'onlar, ko'priklar, televizion minora,
tunellar, metropoliten, turli mahsulotlarni saqlaydigan katta hajmdagi idishlar va
boshq.
1.2. BINOLARNING TUZILISHI
Binolar quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin:
1. Hajmiy elementlar, ya'ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar,
sanitariya kabinalari va h.k.).
2. Konstruktiv elementlar, ya'ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar
(poydevorlar, devorlar, to'sinlar, qavatlararo yopmalar, yopmalar, tomlar va boshq.).
3. Qurilish ashyolari, ya'ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan
kichik qismlar (g'isht, beton, oyna, po'lat, armatura va boshq.).
6
1.3. BINOLARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Binolar quyidagi ko'rsatkichlarga binoan bir-biridan farq qiladilar:
1. Vazifasiga muvofiqligi, ya'ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo'ljallangan
bo'lsa, u shu jarayon talabiga to'liq javob berishi kerak (yashash uchun, mehnat qilish
uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.k.).
2. Texnik tomondan muvofiqligi, ya'ni bino kishilarni tashqi ta'sirlar (past yoki
yuqori harorat, yog'ingarchilik, shamol va h.k.)dan to'la asrashi, mustahkam va
ustivor bo'lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim.
3. Bino ko'rinishi me'morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi,
uning tashqi (ekster’er) va ichki (inter’er) ko'rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit
bilan uyg'unlashgan bo'lishi kerak.
4. Iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya'ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini
kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtni tejash ko'zda tutiladi.
1.4. BINOLARGA TA’SIR QILADIGAN TASHQI TA'SIRLAR
Yuqorida ta'riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki
kuchlar ta'sir etadi, ularning ta'riflari quyidagilardan iborat:
1. Tashqi kuchlar - bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi,
shamolning ta'sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalarning tasodifiy buzilishi
natijasidagi ta'sirlar va boshq;
2. Atrof-muhit ta'siri - tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining
o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta'siri (qurilish ashyolarining
xususiyatlarini o’zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta'siri (xona
ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta'siri
(qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo
tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta'siri (konstruksiyaning yemirilishiga
va buzilishiga olib keladi), biologik ta'sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar
konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta'siridan
7
xonadagi normal akustik rejimning buzilishi.
Dostları ilə paylaş: |