zarrachalar miqdori 10 foizdan, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3
foizdan oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon
aralashmalardan tozalanadi.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar sement toshini yemirib,
beton mustahkamligini pasaytiradi.
Yirik to ‘ldl*fgich. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda yirik to‘ldirgich
sifatida shag‘al va chaqiqtoshlar ishlatiladi. Yirik to ‘ldirgich 5-70
mm fraksiyada bo‘ladi. M assiv monolit inshootlar qurilishida beton
qorishmasiga 150 mm. yiriklikkacha to‘ldirgich kiritiladi. Shag‘al tarkibi
tosh va qisman qumdan iborat boMib, chang, tuproq, sluda va organik
chirindilar aralashgan bo‘ladi. Shag‘al donalari oval, yapaloq shaklda
boMib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘ shag‘alining yuzasi g ‘adir-budur bo‘ladi.
Daryo, dengiz shag‘ali tog‘ shag‘aliga nisbatan tozaroq boMadi.
Chaqiqtosh vulkanik - metamorfik va suv muhitiga chidamli zich
cho‘-kindi tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. Chaqiqtosh serqirra
va yuzasi g ‘adir-budur boMishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini
ta’minlaydi. Shuning uchun yuqori markadagi betonlar tayyorlashda
chaqiqtosh ishlati-ladi. Chaqiqtosh tarkibida tuproq, chang va organik
aralashmalar kam bo‘ladi.
Yirik toMdirgich sifati mineral tarkibi, tog‘jinslarining mustahkamligi
va sovuqqa chidamliligi, donador tarkibi, donalaming shakli, mineral va
organik zararli aralashmalaming miqdori bilan belgilanadi. Yirik toMdirgich
jinsining suv shimgandagi mustahkamligi beton mustahkamligiga nisbatan
1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak.
Betonning zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi yirik toMdir-
gichning donador tarkibiga bevosita bogliq. Yirik to‘ldirgich donalarining
uzluksiz fraksiyalarda bo‘lishi sementni tejaydi. Yirik toMdirgich 5-10,