International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Washington, DC USA https: econferencezone.org March 20 th -21 st 2022 3
• mexanizatsiya vositalaridan to’liq foydalanish uchun;
• ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlash uchun.
Bino va inshoot qurilishi uchun ishlab chiqiladigan ishlarni bajarish loyihasi ishlarni
bajaruvchi buyurtmachi sifatidagi qurilish yoki montaj tashkilotining topshirig’i asosida ishlab
chiqiladi. IBLni ishlab chiqish uchun boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilardir:
• buyurtmachidan IBLni ishlab chiqish uchun topshiriq;
• ob’yekt qurilishi uchun oldin ishlab chiqilgan QTEL;
• kerakli zaruriy loyiha hujjatlari−ishchi chizmalar, hisoblar;
• qurilishni o’ziga xosligini e’tiborga oluvchi omillar − konstruksiya, material va detallarni
etkazib berish shart-sharoitlari, qurilish mashinalari va transport vositalarining mavjudligi, ishchi
kadrlar bilan ta’minlanganligi;
• o’xshash bino va inshootlarning qurilishiga doir hujjatlar va hisoblar.
Topshiriqda hujjatlarni tayyorlash muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak, shuningdek, IBLni
ma’qul loyihalash uchun ishlarni bajarish grafigi va smetasi, metallkonstruksiyalar to’plamining
ishchi chizmalari, yig’ma-temirbeton chizmalari, montaj tugunlarining chizmalari va ro’yxati,
montaj konstruksiyalarining kelishilgan etkazish muddatlari. Alohida bino qurilishida IBL ning
tarkibi va mazmuni.
1. Ob’yekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendar plani yoki majmuali to’rli grafikda barcha
ishlarni bajarish ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari imkon qadar ishlarni birgalikda
bajarilishini e’tiborga olgan holda, qurilish mashinalarini me’yoriy ishlash vaqti, mehnat resurslari
va mexanizatsiya vositalariga bo’lgan talab, alohida brigada yoki jamoalar zimmasiga yuklatiladigan
ishlar, ularning miqdoriy va kasbiy tarkibi o’rnatiladi.
2. Qurilish bosh plani (QBP), u o’z ichiga oladi:
• qurilish maydonining chegarasi va uni to’sish devorining turlari;
• doimiy va vaqtinchalik tarmoqlar va kommunikatsiyalar;
• doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
• transport vositalarini va qurilish mexanizmlarini harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari va yuk ko’tarish mexanizmlarining ularning harakat yo’llari va ta’sir
zonasini ko’rsatish bilan o’rnatilish joylari;
• quriladigan hamda vaqtinchalik bino va inshootlar;
• avtotransportni yuvish zonasi;
• maishiy xonalar joylashuvi;
• ishchilarni harakat yo’li, bino va inshootga kirish yo’lkalari;
• qurilish maydonining elektr ta’minoti va yoritish manbaalari;
• material va konstruksiyalarni joylashtirish maydonlari va asrash binolari;
• yong’inga qarshi joylashtirilgan suv quvurlari va gidrantlar;
• konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonlari;
• qo’riqchilarni nazorat-o’tkazish punktlari.
3. Alohida ish va jarayonlarni bajarish texnologik xaritalari va sxemalari.
4. Konstruksiyalar, buyumlar va materiallarni ob’yektga keltirish grafigi.
5. Ob’yektdagi ishchilarga bo’lgan talab grafigi.
6. Asosiy qurilish mashinalarining ishlash grafigi.
7. Geodezik ishlarni bajarish bo’yicha echimlar.
8. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha qarorlar.
9. Qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli texnologik inventar va uskunalar ro’yxati, yuklar
va konstruksiyalarni ildirish sxemalari.
10. Texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari bayon etilgan tushuntirish xati. Juda murakkab
konstruksiyali yoki ishlarni bajarish usuli murakkab inshootlar qurilishi uchun IBLga qo‗shimcha
ravishda maxsus yordamchi inshootlar uchun, moslamalar, konstruksiyalar va texnologik
echimlarga mos ishchi chizmalar ishlab chiqiladi.