BIO-SAVAR-LAPLAS TENGLAMASI ORQALI ECHILADIGAN MASALALARGA MATLAB DASTURIY TIZIMINI QO‘LLASH
Sh.T.Ulasheva TATU QF katta oʻqituvchisi
J.Yo.Odilov TATU QF o‘qituvchisi
Zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini ta‘lim jarayonlariga joriy etish o’quvchi shaxsining fikrlashini, kommunikativ qobiliyatini, optimal qaror qabul qilish malakasini, estetik tarbiyasini, axborot olish madaniyati hamda kasbiy malaka va ko’nikmalarini rivojlanishini ta‘minlaydi. Shu bilan bir qatorda o’qituvchiga ham o’ziga xos ma‘suliyat yuklaydi. Ta‘lim muassasalarining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta‘minlanishi pedagoglarning o’z mehnat faoliyatiga yangicha yondashish lozimligini talab qiladi va shu orqali pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi. Hozirgi pedagoglar axborot
146 kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi bilan birga bir qator dasturiy vositalarni amaliyotda qo’llay bilishi lozim. Matematik masalalarni yechishda masalan, matematik amallarni bajarishda aniq ketmaketlik algoritmi mavjud. Shuning uchun ularga biror dasturiy tizimni qo’llash ortiqcha qiyinchilik tug‗dirmaydi. Lekin fizikadan masalalar yechish o’ziga xos jarayon bo’lib unda aniq ketma-ketlik mavjud emas, ya‘ni har bir masala o’ziga xos yondashuvni talab qiladi. Fizikadan amaliy mashg‗ulotlar jarayonida noan‘anaviy usullar sifatida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ekologik mazmun kasb etish bilan bir qatorda ham o’qituvchiga, ham o’rganuvchi-talabaga bir qator afzalliklarini yaratadi.
Oʻqituvchiga:
amaliy mashg‗ulot uchun tanlangan mavzuni to’laqonli qamrab olish uchun yetarlicha imkoniyat yaratadi, ya‘ni yechimi topilgan masalalar sifati, soni va xilma-xilligi an‘anaviy uslubda o’tilgan mashg‗ulotdagiga qaraganda bir necha bor ortadi;
mashg‗ulot davomida mumkin qadar ko’proq talaba bilan yakka tartibda(individual) shug‗ullanish imkonini beradi;
mashg‗ulot davomida bilim berish bilan bir qatorda talabalarning mavzuni o’zlashtirishlarini nazorat qilib borish imkoniyatini yaratadi;
Talabaga: fizikadan masalalar yechishga bo’lgan qiziqishini oshiradi;
turli dasturiy tizimlar bilan tanishish va ularni o’rganishni, fizikadan masalalar yechishni o’rganish bilan birgalikda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi;
talabaning mavzuni o’zlashtirish sifat ko’rsatkichlarini oshiradi;
oʻzining nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini sinash imkoniyatini beradi;
Ushbu afzalliklaridan foydalanish uchun: talabaning mavzuga oid nazariy bilim va ko’nikmalarining yetarlicha bo’lishi;
kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatining yetarlicha shakllangan bo’lishi, va albatta, lokal tarmoqli, yetarlicha jihozlangan kompyuter xonasi bo’lishi zarur; Shularni hisobga olgan holda quyida Bio-Savar-Laplas qonunini turli shakllardagi tokli konturlarga qo’llanilishiga oid masalalarni yechishda dasturiy tizimdan masala shartiga mos yondashgan holda foydalanish usull