- biogaz va bioo‘g‘it sotish;
- qishloq xo‘jalik madaniy o‘simliklarining hosildorligini oshirish.
BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak?
- Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo‘jalikni ko‘tarish mumkin emas.
Biogaz qurilma xo‘jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uy-
joylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
- Biogaz qurilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar
bilan bog‘lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga
olgan holda bajarilishi kerak.
- BGQ qurilishining ko‘p qismining mustaqil qilinishi yo‘qotishlarni
kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga
yordam beradi.
- BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini
anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda
muhim.
- Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o‘ziga e’tibor talab
qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni
talab etishidan dalolat beradi. Shuning uchun xizmat qiluvchilarga bilim berishga,
malakasini oshirishga va manfaatdorligini yaratishga e’tibor berish zarur.
- Nazorat va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan ekspluatatsiya qilish mumkin
emas.
Dostları ilə paylaş: