Biogen elementlar tabiatda u yoki bu xududda tarqalganligi bo’yicha biogeokimyoviy muhitlarni tashkil qiladi. Bu muxit bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar endemik kasalliklar turiga kiradi. Masalan, yod yetishmovchiligi bilan bo’qoq kasalligi, ftor ortiqchaligi bilan flyuaroz, stronsiy ortiqchaligi bilan stronsiyli raxit kasalliklari bog’liq. Atrofi muhitda elementlar tarqalgan konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarning yana bir turi kasb kasalliklari deyiladi. Bu kasalliklarga atrof muxitni muhofazalash masalalari yechilmaganligi olib keladi. Masalan ko’mir qazuvchilarda - antrakoz, alyuminiy ishlab chiqarish sanoatida - alyuminoz, shisha, g’isht ishlab chiqarish (silikat ) sanoatida silikoz kasalligi rivojlanishi kuzatiladi.

Organizmda mineral moddalarning disbalansi bilan bog’liq holatlar mikroelementozalar deb nomlanadi. Bu nom bilan rivojlanishi asosida makro- va mikroelementlar yetishmovchiligi, ularning disbalansi va ularning miqdoriy nisbatlari buzilishi yotadi.
Biogen elementlarning davriy jadvalda joylashgan o’rniga ko’ra s,p,d-turlarga bo’lib ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
s-Elementlar, ular birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanilishi