Biogumusning eng yaxshi 10 ta tasiri



Yüklə 16,57 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü16,57 Kb.
#160351
1   2   3
4-amaliy

Biologik chirindi - biogumus quyidagicha tayyorlanadi: Maxsus joy ajratiladi. Tayyorlangan go‘ng og‘irligining 20-25% miqdorida qirqilgan, yarim chirigan somon, xashak qo‘shib aralashtiriladi. Bu aralashma uzun chuqurligi 30-35 sm qalinlikda to‘shab chiqiladi (mazkur chuqur 20, 30, 50, 60 metr, kengligi esa 0,8-1 metr bo‘lishi lozim). So‘ng organik massaga naycha bilan ariq suvi quyilib, namligi 70-80% ga yetkaziladi. Chuqur yuzasining bir kvadrat metriga 2,5 kg yomg‘ir chuvalchangi solib ko‘paytiriladi. Chuqurning (ishqoriy, kislotalilik) muhiti - rN=6-7 dan oshmasligi, pasaymasligi. Harorati 20-25 darajadan past bo‘lmasligi kuzatilib turilishi kerak. Aynan ushbu sharoit va muhit mo‘’tadil bo‘lsa, ular bir yilda 2-3 avlod beradi. Bir kg chuvalchang bir kecha-kunduzda o‘z vazniga barobar biogumus ishlab chiqaradi. Qisqasi chuvalchang qo‘yilgan go‘ng handakdagi go‘ng 2,5-3 oyda to‘liq biogumusga aylanadi.Chuvalchang go‘ng biogumusga aylangandan so‘ng navbatdagi go‘nga o‘zi o‘tib ketaveradi. Inkubatsiya sharoitida chuvalchang uzunligi 60 sm va kengligi 40 sm hajmdagi yashiklarga go‘ng solinib ko‘paytiriladi. Mamlakatimiz bobodehqonlaridan issiqxonalarda gumusdan foydalanish xoxshi tug‘ilib qolsa, bir gektarga shudgor oldidan 2 tonnada biogumus sepiladi. Agar shudgor oldidan biogumus qo‘llanilmagan bo‘lsa, issiqxonalarda yetishtirilayotgan bodring va pomidor o‘simliklarining chopig‘i oldidan va gullash davrida egat oralig‘iga 1,5-2, tonnadan biogumus solinib chopiq qilinadi va sug‘oriladi. Bunday holda mineral o‘g‘itlar ishlatishga hojat qolmaydi. Yetishtirilgan mahsulot to‘lasicha ekologik toza oziqa o‘rnini bosadi.
Yüklə 16,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin