315
qon tomirlari shikastlanganda tromblar hosil bo‘lishi, yalliglanish
reaksiyasi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
Organizmdagi gomeostazning saqlanishida moddalar
almashinuvining boshqarilishi alohida o‘rin tutadi va uning quyidagi
darajalari tafovut etiladi:
Birinchi darajasi
. Idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlarini
o‘z ichiga oladi. Bunda fermentlar faolligi alohida orinni egallaydi va
unga quyidagi uch usul bilan ta’sir etish mumkin:
a) fermentlarni ingibirlash yoki faollashtirish, muhit va harorat,
kofaktor va kofermentlar, oraliq metabolitlar miqdorini o‘zgartirish
orqali ta’sir etish mumkin;
b) fermentlar va ba’zi oqsillar sintezini induksiya yoki repressiya
qilish, ular parchalanish tezligini o‘zgartirish yoli bilan ular miqdorini
o‘zgartirish mumkin;
d) membrana orqali moddalarning o‘tishiga ta’sir etish orqali.
Endokrin sistema idora etishning
ikkinchi darajasidir
(77-rasm).
Ma’lum bir ta’sirotga javoban ichki sekretsiya bezlaridan gormonlar
ajralib chiqadi va ular nishon hujayralarda ichki mexanizmlar orqali u
yerdagi modda almashinuvini tegishli ravishda o‘zgartiradi. O‘z
vazifasini bajarib bo‘lgan gormon maxsus fermentlar ta’sirida
parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: