296
RNKni gidrolitik parchalanishini katalizlovchi yaxshi o‘rganilgan
fermentlardan ribonukleaza I dir. U RNK molekulasi ichki fosfodiefir
bog‘larini gidrolizlaydi. Ko‘pincha hayvonlar
oshqozon osti bezidan
ajratilgan RNK-azalar 124 aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan
bo‘lib, aminokislotalarni ketma-ket joylashishi bilan farqlanadilar; ba’zi
RNK-azalarni uchlamchi strukturasi aniqlangan.
Nogidrolitik yo‘l bilan DNK va RNKni parchalanishini amalga
oshiruvchi fermentlar sifatida polinukleotid-fosforilaza va DNK-
glikozidazalarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda S.S. Debov
laboratoriyasida mikroblar polinukleotid-fosforilazasini fizik-kimyoviy
xususiyatlari va biologik vazifasi batafsil o‘rganilgan. Fermentni ta’sir
mexanizmi nukleotid qoldiqlarini
RNKdan neorganik fosfatga
o‘tkazilishidan iborat, bunda ribonukleotiddifosfat hosil bo‘ladi (RDF).
RNK + H
3
O
4
→
(RNK)
n-1
+RDF
In vivo ferment hujayra RNKlarini, asosan mRNK, nukleo-
ziddifosfatlarga parchalab, hujayradagi neorganik fosfat miqdorini
boshqarishda qatnashadi. Polinukleotid-fosforilazaning
yana bir muhim
xususiyati in vitro tajribalarda erkin nukleoziddifosfatlardan ma’lum
ketma-ketlikdagi poliribonukleotidlarni sintezlashdir.
DNK-glikozidaza guruhi ochilgan, u modifikatsiyalangan purin va
pirimidin asoslarini (masalan: DNK zanjirlaridan birida sitozin
qoldig‘ini dezaminlanishidan hosil bo‘lgan uratsil) ajralib chiqish
reaksiyalarida qatnashadi.
Shunday qilib, DNK-glikozidaza DNK molekulasini reparatsiya
jarayonlarida muhim vazifani bajaradi.
Hujayradagi turli ekzo- va
endonukleazalarni nuklein kislotalarga ketma-ket ta’siri natijasida ribo-
va dezoksiribonuklezid-3
1
va 5
1
-fosfatlargacha parchalanadilar.
Keyinchalik hosil bo‘lgan moddalarning parchalanishi, mononukleotid,
nukleozid va keyinchalik erkin azot asoslarini fermentativ o‘zgarishlari
bilan bog‘liq. Gidrolizni I bosqichida 3
1
va 5
1
-nukleotidaza ta’sir etadi.
U mononukleotidlarni erkin nukleozidlargacha, uglevod qoldig‘idagi
C-3
1
yoki C-5
1
atomlaridan noorganik fosfatni ajratish orqali,
parchalanishi bilan boradi. II bosqichda nukleoziddan riboza qoldig‘i
erkin fosfat kislotaga o‘tkaziladi, natijada riboza-1-fosfat
va erkin azot
asosi hosil bo‘ladi.