4-rasm.
Sirtmoqli quritkich
Kamchiligi
:
- tuzilishining murakkabligi;
- ekspluatatsiya davomida katta sarf-xarajatlar talab qiladi.
Materialni aralashtirib qurituvchi konvektiv quritkichlar
a) barabanli quritkichlar
– uzluksiz rejim va atmosfera bosimida
ishlaydigan quritkichlar
turiga mansub (5-rasm). Barabanli quritkichlarda donador, sochiluvchan materiallar quritiladi.
Quritish doimo aylanib turuvchi silindrsimon barabanlarda amalga oshiriladi. Material bir
tekis aralashtirilib isitiladi. Tutun gazlar yoki isitilgan havo qurituvchi
agent sifatida xizmat
qiladi. Qurituvchi agent materialga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘naltiriladi.
5-rasm.
Barabanli quritkich.
b) mavhum qaynash qatlamli quritkichlar
– eng samarali quritkich apparatlaridan biri xisoblanadi. Bu apparatlarda nam material juda
qisqa vaqt (bir necha daqiqa) ichida quritiladi. Chunki, qurituvchi
agent va material
o‘rtasidagi kontakt yuzasi katta bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida namlikni tezlik bilan bug‘lanib
ketishiga sabab bo‘ladi. Bu quritkichlarda sochiluvchan, qumoqlanuvchi, pastasimon
moddalar, eritmalar, qotishmalar va suspenziyalar quritiladi. Jarayonni o‘tkazishda qurituvchi
agent materialga qaramaqarshi yo‘nalishda beriladi.
Mavhum qaynash qatlamli
quritkichlarning ko‘p kamerali turlari ham ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: