Biologik mahsulot unumini hisoblashdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,39 Kb.
#205389
1   2   3   4
tezs0303 (1)

Asosiy qism
Innovatsiya yaratish jarayonining ancha murakkab tuzilishi, uni tashkil etishning yangi shakllari ushbu jarayonni boshqarishning amaldagi tizimini qayta qurish va takomillashtirishni talab etadi. Ular kompleks tarzda, ya’ni yuqoridan pastga tomon, ya’ni umumiy prinsiplar va talablarni markazlashgan boshqaruv tizimiga qo‘llab, hamda pastdan yuqoriga, ya’ni umumiy prinsiplar va talablarning xususiyatlarini aniq bir jarayonga qo‘llab, bunda baholash, rejalashtirish va rag‘batlantirish ko‘rsatkichlari va usullarini yagona haqiqiy tizimga birlashtirib amalga oshirilishi kerak. Innovatsiya jarayonini boshqarish jarayonida markaziy o‘rinni iqtisodiy kichik tizim egallaydi.
U umuman jarayonni va uning har bir bo‘g‘inini ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga va yaratilayotgan yangilik moddiy tashuvchisi bo‘lgan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltiradi. Iqtisodiy kichik tizim maqsadlarini amalga oshirish, bir tomondan, yangi mehnat mahsullari yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodiy ilmiy-texnikaviy jamoalarning faoliyatini, boshqa tomondan - yangilik yaratish jarayonini boshqarishni takomillashtirish evaziga ta’minlanadi. Birinchi holda boshqaruv rejalashtirish, baholash va tahlil qilish, rag‘batlantirish, narx belgilash va moliyalashtirish usullari, vositalari va qurollari yordamida amalga oshiriladi. Bunda boshqaruv predmetini tirik ijodiy mehnat samaradorligini oshirishga bo‘lgan asosiy undovchi motiv sifatidagi iqtisodiy manfaat tashkil qiladi. Ikkinchi holda - yangi tovarlar samaradorligini oshirish, ularning tuzilishini, ayrim tovarlar va ular majmualarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, tahlil qilish va baholash usullarini maqbullashtirish zaxiralarini izlash metodlari va vositalari yordamida amalga oshiriladi.3 Bu o‘rinda boshqaruv predmetini yangilik kiritishning pirovard natijasi bo‘lmish ijtimoiy-iqtisodiy samara tashkil qiladi. So‘nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston Respublikasini 2019-2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.4 Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Ta’kidlash lozimki, jamiyatni har qanday (jumladan innovatsion) boshqarish — faoliyatni qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan operatsiya sifatida boshqarishdir. Operatsiyalar doimo boshqaruvchi kichik tizim (boshqaruv organi) va boshqariluvchi kichik tizim (boshqarish obyekti)ni ajratish mumkin bo‘lgan tizimlar (korxona, tarmoq, bozor)da amalga oshiriladi.5 Har qanday boshqarishning asosiy omili, uning maqsadi va mazmuni qarorlar hamda ularning qabul qilinishiga olib keladigan jarayonlarda o‘z ifodasini topadi. Qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish imkoniyati boshqaruv organi va obyekti o‘rtasida axborot ayirboshlashdadir. Axborot nuqtai nazaridan, qaror qabul qilish — boshqaruv organining o‘ziga oqib kelayotgan butun axborotni qayta ishlashidir. Ushbu qayta ishlash natijasida qarorlar qabul qilinadi, boshqarilayotgan tizim esa ularni bajaradi. Sistemali yondashuv nuqtai nazaridan, har qanday qaror qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan imkoniyatdagi harakat usullaridan ayrimlarini tanlash sifatida talqin etiladi. Innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqaruv operatsiyalarini amalga oshirish uchun atrof muhit ta’sirini inobatga olish muhim (muhitga o‘xshash maqsad va manfaatlarga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi tizimlar, qarama-qarshi manfaat va maqsadlarga ega bo‘lgan tizimlar va boshqalar kiradi). Muhit tizimga — boshqariluvchi qismga, axborot kanallariga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday tizim operatsiyalar o‘tkazish uchun muayyan (pul, intellektual, vaqt kabi) resurslar miqdoriga ega bo‘ladi. Qarorlar qabul qilish jarayoni odatda ikki aktdan iborat. Birinchisi — boshqariluvchi tizim holati va muhitni baholash. U tizim va atrof muhit haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Jarayonning ikkinchi akti — bevosita qaror qabul qilish — qaror topgan tasavvurni operatsiya maqsadi bilan qiyoslash natijasi sifatida amalga oshiriladi.6 Umuman, investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, u faoliyat sub’ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi, shuningdek, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, birinchi navbatda, davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki mamlakatimizda innovatsiyani rivojlantirish uchun juda ko‘plab chora tadbirlar amallga oshirilmoqda. Shunday qilib, innovation rivojlanish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish - bu kelajakda butun insoniyat uchun ham, har bir mamlakat uchun alohida bog‘liq bo‘lgan murakkab ko‘p qirrali jarayon va O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Ikkinchidan, innovatsion rivojlanish O‘zbekistonni jahon texnologik yutuqlariga, global dunyo tartibi mexanizmlari va mexanizmlariga jalb qilishga qodir. Ko‘rib turganingizdek O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishning innovation turini o‘zlashtirish yo‘li murakkabdir. Ushbu yo‘lda muvaffaqiyat qozonish uchun erishilgan natijalarni birlashtiradigan va belgilangan magsadlar sari borishda yangi imkoniyatlar yaratadigan milliy innovation tizim, institutlar tizimi, munosabatlar, ijtimoiy amaliyot juda muhimdir. Innovatsion rivojlanish, jamiyatni modernizatsiya qilish biz uchun mutanosib qarorlar, mehnatsevarlik, davlat, jamiyat, biznes va nodavlat sektorning sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab qiladigan asosiy jarayondir. Va bu erda yoshlar asosiy rol o‘ynaydi. U eng harakatchan, faol, ijodiy va moslashuvchan ijtimoiy-demografik guruh sifatida barcha innovation jarayonlarning katalizatori va ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi. Mamlakat kelajagi yoshlar o‘z maqsadlariga ganday intilishlariga bog’liq. O‘zbekiston Respublikasida innovation rivojlanishga asoslangan intellektual millatni shakllantirish goyasi davlatimiz rahbarining eng tizimli tashabbuslaridan biridir. mamlakatimizda intellektual millatni shakllantirishning uchta asosiy jihatini ajratib ko‘rsatidi: ta'lim tizimini rivojlantirish, fanni rivojlantirish va mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirish, innovatsion tizimni rivojlantirish. Mamlakatimizda intilayotgan yuqori darajada rivojlangan, information jamiyat turi yangi axborot va ilmiy talab qiladigan texnologiyalarni keng joriy etish, bilimlar sanoatining rivoilanishi va o‘sishi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin