« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 2.Hujayra ichiga metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va gomeostazni
saqlashda muhim vazifani bajaradi.
3. Hujayra tashqarisidagi signalni qabul qilish va hujayra ichiga uzatish.
4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda joylashgan nafas
zaiijiri fermentlarining energiya almashinuvida, endoplazmatik to’rdagi ferment
tizimlar, ksenobiotiklar detoksikatstyasida, yog‘lar biosintezida qatnashadi.
5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan bog’lanish va ta'sirlanish,
hujayralaming qo‘shilishida va to‘qimalar hosil qilishida ishtirok etadi.
6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini ta’minlash.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Barcha biologik membranalar tuzilishi jihatdan polyardir.Membrana tuzilishi
jihatdan tarkibiy qismi oqsil, uglevod va yog’lardan tashkil topgan.Ularning
miqdor jihatdan tarkibi hujayra vazifasiga bog’liq bo’ladi. Masalan miyelinning
75% qismi yog‘lardir, mitoxondriyalaming ichki membranasida esa oqsillar ko'p.
Plazmatik membranalar tashqi qavatida esa karbon suvlar mavjud.
Membranalarda lipidlar tarkibi ularning hujayra va to‘qima spetsifikligi bilan
bog'liq. Membrana oqsillari ana shu membrana funksiyasidan kelib chiqib
turlicha miqdorda bo’ladi. Masalan, miyelin tarkibida 20% qismi oqsil bo’ladi,
lekin fermentativ jarayonlar yuqori darajada kechuvchi mitoxondriya ichki
membranasi tarkibi 75% miqdorda oqsil moddasi boladi. Demak xulosa shuki,
membrana qanchalik faol bo’lsa oqsillar shunchalik ko’p bo’ladi.
NATIJALAR
Joylashishi bo’yicha membrana oqsillari 2 xil bo’ladi:
1.Periferik oqsillar, ular membrana sirtiga elektrostatik kuch bilan yopishib
turadi.
2. Integral oqsillar, ular go‘yo lipid dengizida aysberg kabi suzib yuruvchi
oqsillardir.
Misol uchun eritrositlar tarkibidagi periferik oqsil bu spektrindir. U
eritrositlarni shaklini doimiy saqlash vazifasini bajaradi. Glikoforin esa
eritrositlar tarkibidagi integral oqsil hisoblanadi.U oqsilning vazifasi
eritrositlarning bir biriga yopishib qolmasligini taminlaydi.
Membranalarning yana bir xususiyatlaridan biri lipid qo’shqavatning bo’lishidir.
Fosfolipidning fosforli qismi bu gidrofil bo’lib sitoplazmaga qarap totiladi. Lipid
ya’ni dum qismi narigi tomondagi dum qism bilan bir biriga qrab turadi. Shunda
2 qavat fosfolipid qavat hosil bo’ladi.
Membrananing yana bir asosiy funksiyasidan biri bu membrana qismlarining
asimmetrik joylashishidir. Jumladan períferik va integral oqsiilar o‘zaro
asimmetrik joylashgan. Plazmatik membrananing ichki yuzasida asosan