Biologik rekordlar…
* Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.
* Dunyodagi eng katta gul Raffleziya Arnoldi bo`lib u gulni Sumatra orolida Raffleziya va Arnoldi birinchi bo`lib ucharatgan bu gulga o`zlarining nomini bergan gul diametri 1 m.
* Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna toshni bosadi.
* Dunyodagi eng katta yong`oq hosil qiluvchi daraxt Seyshel orolida o`suvchi seyshel palmasi bo`lib 13-25 kg tosh bosadigan yong`oqlarni hosil qiladi.
* Dunyodagi eng kichkina gul volffiya bo`lib gulining diametri 1mm yani taxminan to`g`nog`ichning uchiday keladi.
* Dunyodagi eng katta qush Afrika tuyaqushi bo`lib bo`yi 3m og`irligi 100 kg ni, tuxumi esa 1409 gr ni tashkil qildi. Tuyaqush uzun va baquvvat oyoqlari yordamida soatiga 60-70 km tezlik bilan yugura oladi.
* Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasi bo`lib uning og`irligi 300 kgni tashkil qiladi.
* Dunyodagi eng katta ikki pallali molluska dengizlarda yashaydigan tridakna deb nomlangan molluska bo`lib 250 kg ga yetishi aniqlangan.
* Dunyodagi eng katta akula kitsimon akula bo`lib uzunligi 12-20 metrni, og`irligi 15-20 tonnani tashkil qiladi.
* Dunyodagi eng kichik akula tikanli akula bo`lib uzunligi 40-45 smni tashkil qiladi.
* Dunyodagi eng ko`p elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bo`lib 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a`zosi bor.
* Dunyodagi eng katta kurakoyoqli bu morj bo`lib, tanasining uzunligi 4 m ga, vazni esa 2000 kg ga yetadi. Uning yuqori jag`ida pastga qarab o`sgan 40-70 sm li tishi bor.
* Dunyodagi eng katta daraxtlar Avstraliya evkolipti bilan sekvoyadendron daraxtlaridir. Eng baland evkaliptning balandligi 155 m, sekvoyadendronniki esa 142 m ni tashkil qiladi. Shunday yirik daraxt mittigina urug`dan unib chiqdi uning bitta qubbasida 200 tacha urug` bo`ladi, 196 ming urug` esa 1 kg ni tashkil qiladi.
* Dunyodagi eng kichik qush nektarxo`r(kolibra) bo`lib bu qush faqat gul nektari bilan oziqlanadi. Og`irligi bor yo`g`i 1,5 gr.
* Dunyodagi eng katta qirqquloq (paporotnik) daraxtsimon bo`lib Yangi Zelandiyada o`sadi, bu o`simlik spatiya turkumiga mansub, balandligi 24 metrga yetadi.
* Dunyodagi eng katta xanjarsimon mevali o`simlik Malayziyada o`sadigan oroksalondir. Uning balandligi 18 metr. Mevasining uzunligi 60-120 sm eni 8 sm keladi.
* Dunyodagi eng katta ilon anakonda bo`lib, uzunligi 11.4 metr keladi. Eng qizig`i bu ilon 100 taga yaqin tirik bola tug`adi.
* Dunyodagi eng zaxarli ilon yo`lbars ilon bo`lib, Tasmaniyada yashaydigan ushbu bitta ilonning zaxari 400 kishini o`ldirar ekan.
* Dunyodagi eng katta kaltakesak Komod va Flores(Indaneziya) orollarida yashaydigan komod echkiemari bo`lib, uzunligi 3,66 m, og`irligi esa 160 kg keladi. Eng qizig`i odamlarga ham xujum qilishidir.
* Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqalaridan bo`lgan terili toshbaqadir(Dermocheys coriacea). Bu jonivorning og`irligi 600 kgdir.
* Dunyodagi eng katta baqa G`arbiy Amerikada, Kamerun va Angolada yashovchi goliaf baqa(Rana goliath)si bo`lib, uzunligi 76 sm, boshi 33sm oyoqlarining uzunligi 44,5 sm, og`irligi 5 kgdir.
* Dunyodagi eng uzoq umr ko`ruvchi jonzod bakteriyalar bo`lsa kerak. Ular noqulay sharoitda spora hosil qiladi. Bu sporalar quruq joyda ming yillab hayotiychanlik hususiyatini yo`qotmaydi.
* Dunyodagi eng tez suzuvchi qush pingvindir. Bu ajoyib qush soatiga 36 km tezlik bilan suzadi.
* Dunyodagi eng katta maymun gorilla bo`lib, bo`yi 2m. Og`irligi 260 kg yetadi.
* Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko‘pincha ko‘rganlar uni qush deb o‘ylashadi.
* Dunyodagi eng tez uchuvchi hasharot ninachi hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi.
* Dunyodagi eng katta ari yapon qovoqarisidir, uzunligi 7 sm. O`zidan ikki barobar katta hashorot tanasini ham daxshatli jag`lari yordamida kesib tashlaydi. Har yili Yaponiyada 40 kishi bu arilarning hujumidan vafot etadi. Qorin qismidan otilib chiqadigan zahar insonni o`ldiradigan darajada kuchlidir.
* Dunyodagi eng katta kemiruvchi hayvon Janubiy Amerikada yashovchi qunduzsimon kapibaradir. Bu jonivorning og`irligi 60 kilogrammga yetadi.
* Dunyodagi eng katta molekula ham organik olamga tegishli bo`lib bu DNK va RNKdir.
* Dunyodagi eng katta tirnoqlar ayiqsimonlarga tegishlidir.
* Dunyodagi eng jasur hayvon deb Ginnesning rekordlar kitobiga mitti asalxo`r kiritilgan. Bu hayvon yo`lida uchragan barcha hayvonlarni ilonlarni, kemiruvchilarni va hakozolar bilan oziqlanib ketaveradi. Bu hayvon asalxo`r emas, balki asalari lichinkasi bilan oziqlanadi. Ilon zahri ta`sir ham qilmaydi.
* Dunyodagi eng katta hujayra tuyaqush tuxumi bo`lib olimlarimiz bu tuxumni eng katta hujayra deb atashadi. Og`irligi 1409-1500 gr gacha chiqadi.
* Dunyodagi eng katta barg rafiya palmasiga tegishli bo`lib, chodirdek keladigan bitta bargining uzunligi 22 m, eni 12 m, bargining bandi esa 5 m ga yetadi.
* Dunyodagi eng katta ignabarg Himolay tog`larida o`sadigan pinus logifoliya nomli qarag`ay barglaridir. Bir dona ignabargining uzunligi 30 sm ga yetadi.
* Dunyodagi eng ko`p barglari yashaydigan o`simlik Afrikada o`sadigan velvichiyadir. Uning 2-3 ta tasmasimon barglari, 100 yilgacha o`sib turadi.
* Dunyodagi eng katta to`pgul Hindistonda o`sadigan tallipot palmasi bo`lib, to`pgulining uzunligi 14 m, aylanasi esa 12 m ga yetadi.
* Dunyodagi eng bo`yi uzun suv o`ti Tinch okeanida o`sadigan makrotsistis bo`lib, uzunligi 60 m, bu o`simlik sutkasiga 45 sm tezlik bilan o`sadi.
* Dunyodagi eng sekin o`sadigan o`simlik qutb lishaynigidir. Bu o`simlik yuz yilda 2,5 sm o`sadi. O`zi esa 4500 yil umr ko`radi.
* Dunyodagi eng tez o`sadigan o`simlik bambuk bo`lib, bir kecha kunduzda 90 sm ga o`sadi. Eng qizig`i bambuk daraxt emas balki o`t o`simlikdir. Balandligi 18 metrga yetadi.
* Dunyodagi eng havfli mollyuska Hind okeanida yashaydi, bu molluskalar zaharli haltachasi bo`lib, juda ham kuchli zahar ajratadi. Shuning uchun bularni jahanam vampirlari deb atashadi.
* Dunyodagi eng tili uzun hayvon jirafadir, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.
Dostları ilə paylaş: |